Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Millatlar Ligasi. Niderlandiya g‘alaba qozondi, Italiyada esa durang

Millatlar Ligasi. Niderlandiya g‘alaba qozondi, Italiyada esa durang

Baho:
+ | -

UEFA Millatlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan 4 avgust, juma kungi o‘yinlar yakunlandi.

Niderlandiya terma jamoasi o‘z uyida Polshani qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 61-daqiqada Steven Bergveyn maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Mazkur gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Italiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahs olib bordi. Dastlab mehmonlar 57-daqiqada Edin Jekoning golidan keyin hisobni ochdi. Biroq oradan o‘n daqiqa o‘tib, Italiya bunga Stefano Sensining goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Qozog‘iston terma jamoasi Litva maydoniga safar qildi. Baxtiyor Zaynutdinov va Islambek Kuatning gollari qozog‘istonliklarga g‘alaba keltirdi. Belarus esa o‘zida Albaniyaga imkoniyatni boy berdi.

Erling Holandning goli Norvegiyani Avstriyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. Shimoliy Irlandiya esa bir o‘yinchi kam bo‘lib Ruminiyadan ochko tortib oldi.

Slovakiya va Chexiya jamoalari o‘rtasidagi bahsda chexlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, Shotlandiya Isroil bilan durang o‘ynadi.

UYEFA Millatlar Ligasi

1-tur bahslari

4 sentyabr, juma

Niderlandiya — Polsha 1:0

Gol: 1:0 – 61 Bergveyn.

Niderlandiya: Sillessen, Veltman, van Deyk, Hatebur, Ake, Veynaldum, de Ron, Bergveyn (van de Bek, 74), de Yong, Promes, Depay.

Polsha: Shensni, Bednarek, Kendzera, Glik, Bereshinski, Krixovyak, Shimanski, Yuzvyak (Grosiski, 71), Klix, Zelinski (Moder, 77), Pyontek (Milik, 63).

Ogohlantirishlar: Piontek (21), Klix (33), Yuzvyak (56), Glik (63), de Ron (71), Depay (74), de Yong (89), Bednarek (90).

Italiya — Bosniya va Gersegovina 1:1

Gollar: 0:1 – 57 Jeko, 1:1 – 67 Sensi.

Italiya: Donnarumma, Biragi, Bonuchchi, Florensi, Acherbi, Sensi, Pellegrini (Kin, 86), InsinYE, Barella, Keza (Zaniolo, 71), Belotti (Immobile, 73).

Bosniya va Gersegovina: Shexich, Kolashinas (Chivich, 84), Sanichanin, Shunich, Sipetich, Simirot, Goyak, Xajiaxmetovich, Vishcha (Miloshevich, 86), Jeko, Xodjich (Beshich, 77).

Ogohlantirishlar: Belotti (65), Zaniolo (79), Bonuchchi (79), Simirot (79).

Litva — Qozog‘iston 0:2

Gollar: 0:1 – 3 Zaynutdinov, 0:2 – 86 Kuat.

Shotlandiya — Isroil 1:1

Gollar: 1:0 – 45, penalti Kristi, 1:1 – 73 Zaxavi.

Ruminiya — Shimoliy Irlandiya 1:1

Gollar: 1:0 – 25 Pushkash, 1:1 – 86 Uayt.

Slovakiya — Chexiya 1:3

Gollar: 0:1 – 48 Soufal, 0:2 – 53, penalti Dochkal, 0:3 – 86 Krmenchik, 1:3 – 88 Shrans.

Belarus — Albaniya 0:2

Gollar: 0:1 – 23 Sikaleshi, 0:2 – 78 Bare.

Norvegiya — Avstriya 1:2

Gollar: 0:1 – 35 Gregorich, 0:2 – 54, penalti Zabitser, 1:2 – 66 Holand.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:38, 05.09.2020.
O'qildi: 6164 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик