Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Zidan hal etishi lozim bo‘lgan 5 ta muammo

Zidan hal etishi lozim bo‘lgan 5 ta muammo

Baho:
+ | -

Stadion.uz «Real Madrid» jamoasining yangi mavsumdagi imkoniyatlari va pand berishi mumkin bo‘lgan nuqtalari haqida fikr almashadi.

COVID-19 futbol olamiga kuchli zarba yo‘llagani rost. O‘zining moliyaviy qudratli bilan dong taratgan «Real Madrid» klubi ham bu zarbadan so‘ng «qalqib» ketgan ko‘rinadi. Sababi, Florentina Peres qo‘l ostida «qirollik klubi» ilk bor mavsumlar oralig‘ini transferlarsiz o‘tkazmoqda. Xo‘sh, transferlarsiz yangi mavsumni boshlash qaysi nuqtalarda muammolar keltirib chiqarishi mumkin? Bugun ushbu savolga javob izlashga urinib ko‘ramiz.

Kazemironi almashtirishga qodir hech kim yo‘q

20 sentyabr sanasida Madrid superklubi o‘z chempionligini himoya qilish uchun kurashni boshlaydi. «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvda yangilardan faqat Martin Edegornigina ko‘rishimiz mumkin. Ijaradan qaytgan norvegiyalik futbolchini inobatga olmasa, Zidan hech qaysi pozisiyani kuchaytirgani yo‘q. «Real Madrid» YECHLdagi omadsizlikka qaramay, transferlarga qo‘l urgani yo‘q.

O‘tgan mavsumda maydonda barchadan ko‘p harakat qilgan Kazemiro uchun munosib alternativ variant izlash ishlari uzoq davom etdi. O‘tgan mavsumda 4080 daqiqa to‘p tepgan braziliyalik futbolchi jarohat olish xavfi bilan harakat qilibgina qolmay, qizil kartochka olib Zidanni qiyin ahvolda qoldirdi. Qahramonimiz qishdagi «el-klassiko»ni o‘tkazib yubormaslik uchun «Valensiya»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi va bu o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Aynan shu muammoni hal etish maqsadida «Real» Eduardo Kamavinga bilan muzokaralar olib bordi. Yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda Kazemironing yo‘qligini bildirmaslikka qodir futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Real» imkon topa olmadi. Pandemiya sababli moliyaviy muammolarga o‘ralashib qolgan klub Kamavinganing transferini bir mavsumga kechiktirishga majbur bo‘ldi. Endilikda, Kazemiro yo‘qlida Zidan Federiko Valverde yoki Toni Kroos yordamida vaziyatdan chiqib ketishga majbur.

Faqat Benzema gol urmoqda

O‘tgan mavsumda Karim Benzemaning gollari jamoani Ispaniya chempionligi sari yetaklaganini unutmagan bo‘lsangiz, ajab emas. Eden Azar, Vinisius, Beyl, Asensio va Iskolar jamoa hujumiga javob beruvchi futbolchilar bo‘lishiga qaramay, turli sabablarga ko‘ra deyarli keraksiz futbolchiga aylanib qolishdi. Jarohatlar va sport formasining tiklanish jarayoni sababli Karim deyarli yarim mavsum davomida hujumdagi muammolarni bir o‘zi yopib yurdi. O‘tgan mavsumda Benzema uchun yengillik olib kelish maqsadida klubga (50 million yevro evaziga) jalb qilingan Luka Yovich kutilgan effektni bermadi. Serb nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham «qovun tushurish»da davom etdi. Hujumda yanada samarali to‘p surish maqsadida Zidan Erling Xoland yoki Killian Mbappeni Madridga olib kelish haqida bejiz boshqotirmayapti. Afsuski, vaqt oliy hakam. O‘ttiz yoshdan oshgan markaziy humumchi bilan bir nechta frontda chempionlik uchun kurash olib borish qay darajada naf berishi katta savol ostida turibdi.

Bunday chigal vaziyatdan Luka Yovich «Real»ni olib chiqmasa, boshqa hech kim yordam bera olmaydi.

Isk ito 2 mavsumdan beri «porlamayapti»

So‘nggi mavsumlarda Iskoning «Real»ni tark etishi haqida mish-mishlar tobora ko‘payib bormoqda, ammo ispan hali-hamon Madridda. Boz ustiga, Iso hech qayerga ketmoqchi emas. Iso o‘tgan mavsumda o‘z sport formasini to‘liqligicha yo‘qotib qo‘ydi. Shu sababli, mavsumlar oralig‘ida u borasida «qirollik klubi» birorta rasmiy taklif olgani yo‘q.

Achinarlisi shundaki, Zidan Iskoni allaqachon asosiy tarkibdan chiqarib yuborgan, biroq tanlov bo‘lmagani uchun ham uning xizmatlaridan foydalanishga majbur. Shu sababli, bu mavsumda Iskodam maksimum naf chiqarishga urinib ko‘rish lozim. O‘z darajasidan pastroq harakat qilayotgan yarim himoyachini zaxiradan maydonga tushirish orqali «mo‘’jiza»ga umid qilish kulgili, ammo bugungi kundagi «Real Madrid»da boshqa variant yo‘q.

To‘g‘ri, Edegor ortga qaytarildi, biroq uning qanday darajada to‘p surishi katta savol ostida qolmoqda. Superyulduzlar qurshovida futbolchi bosimni yengib o‘ta oladimi? Agar yengib o‘ta olmasa, Zidan yana Iskoning xizmatlariga murojaat etishga majbur. «Real» targ‘ib etayotgan intensiv futbol uchun Iso singari erkin harakat qiluvchi ijrochilar zarur. Shunday ekan, Zidan o‘zi istasa ham, istamasa ham Iskodan foydalanadi.

O‘ng qanot himoyasi

Yaxshiyam-kiy, «Real» Alvaro Odrisolani ortga qaytarib oldi. Aks holda, «bechora» Dani Karvaxal butun mavsum 90 daqiqa harakat qilishga majbur bo‘lar edi. «Bavariya» bilan YCHLda zafar quchgan futbolchi endi rotasiyada faol qatnashadi. Ashraf Hakimini «Inter»ga sotib yuborish qanchalar to‘g‘ri qaror bo‘lganini bu mavsum ko‘rsatib berishi lozim. To‘g‘ri, Odrisola ham ajoyib futbolchi, biroq u Madridda qanday to‘p surishi hozircha noma’lum. Katta ehtimol bilan bu mavsumda ham Dani Karvahal qirqqa yaqin o‘yin o‘tkazadi. Har ehtimolga qarshi, Zidan Lukas Vaskesni ham jamoada olib qoldi. Asosan Zaxiradan o‘yinga qo‘shilishiga o‘rganib qolgan futbolchimiz noiloj vaziyatda fulbekka aylanishi mumkin. Unda bu borada yaxshigina tajriba mavjud.

Azarning jarohati surunkali bo‘lsachi?!

Krishtianu Ronaldu ketgach, Florentina Peres fantastik transferni muxlislarga va’da bergan edi. Ko‘p o‘tmay, Eden Azar Londondan Madridga ko‘chib o‘tdi. Afsuski, belgiyalik futbolchining debyut mavsumi omadsiz o‘tdi. Jarohatlar va ortiqcha vazn Azarni «Chelsi»dagi darajasini namoyish etishi uchun to‘sqinlik qildi. Eng yomoni shundaki, Azarning transferi «Real»ni avvalgi darajasiga olib chiqmadi. O‘tgan mavsumdagi Ispaniya chempionligi esa, «Barselona»ning ochko yo‘qotgani va Zidanning topqirligi evaziga qo‘lga kiritildi.

Endilikda, ko‘plab mutaxassislar Edenning avvalgi darajasida futbol namoyish etishiga shubha ko‘zi bilan boqmoqda. Futbolchi Madridda juda og‘ir hojati boshdan o‘tkazdi. Uzoq vaqt mobaynida o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Boz ustiga, «Real»ga o‘tgach, unda stimul qolmagandek tuyulmoqda. Qahramonimiz Ispaniya chempionatining ilk turini ham jarohati sababli o‘tkazib yuboradi.

«Real»ning o‘yiniga, tablodagi natijaga va jamoaning xalqaro maydondagi imkoniyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilgan futbolchi ayni damda «Real» uchun hech qanday naf keltirmayapti. Unga sarf etilgan millionlar haqida so‘zlashning hojati yo‘q.

To‘g‘ri, uning yo‘qligini bildirmasligi lozim bo‘lgan alternativ variantlar Zidanda mavjud. Vinisius yoki Rodrigo bu ishni uddalay oladi, ammo «katta o‘yinlar»dagi sovuqqonlik bu yigitlarda hozircha ko‘rinmayapti. Keskin qarorlar chiqarishda qo‘l keluvchi tajribaning yo‘qligi muhim o‘yinlarda darrov sezilib qolmoqda.

Y.U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:13, 15.09.2020.
O'qildi: 7922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.