Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Tug‘ilgan kunim emas, gol haqida o‘yladim»

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Tug‘ilgan kunim emas, gol haqida o‘yladim»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov Bekoboddagi durangdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Avvalo, bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz, «Lokomotiv» tarkibida yanada ko‘plab gollar urishingizni tilab qolamiz. «Metallurg» kuchli jamoa, bugun raqiblarning himoyasiga qarshi o‘ynash qanchalik qiyin bo‘ldi?

— Tabrik uchun rahmat. «Metallurg» kuchli jamoa bo‘lsa ham ularga qarshi o‘ynash og‘ir demagan bo‘lardim. Bu yerda o‘ziga ishonch faktori muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, vaziyatlardan doimo unumli foydalanmoq darkor. Biz esa kuchga e’tibor qaratdik. Ikkinchi bo‘limda esa ularga tashabbusni topshirib qo‘ydik. «Metallurg» biz bilan hujumkor o‘ynay olishini tushundi va shu sababli men ham ko‘proq himoyachilarga yordam berib turdim.

— Keling, urilgan birinchi gol haqida gapirsangiz. O‘sha pallada siz to‘pni Kaxi Maxaradzega oshirgandingiz. O‘shanda o‘zingizda ham zarba berishga ishtiyoq bormidi?
— Yo‘q, u yerda himoyachilar mening oldimga yetib kelishgandi. Agarda to‘pni Kaxiga tezroq oshirmasam, vaziyat qiyinlashib ketardi. O‘z navbatida Maxaradze ham juda qulay nuqtaga ochilib kelayotgandi. Quvonarlisi, barchasi o‘ylaganimdek bo‘lib chiqdi.

— Futbolda futbolchilar tug‘ilgan kunida gol urishi kerak degan kichik qoida bor. O‘yindan oldin siz ham shu haqida o‘ylab ko‘rganmidingiz?
— To‘g‘risini aytganda, g‘alaba haqida o‘yladim, tug‘ilgan kunim esa ikkinchi masala edi. Biz yomon bo‘lmagan temp namoyish qildik. Ochkolar qo‘lga kirityapmiz. Bu men uchun asosiysi. Hali ushbu egallab turgan o‘rnimizdan yuqoriroq bo‘lamiz. Barchasi o‘z qo‘limizda. Har bir uchrashuvda o‘zimizni ko‘rsatib, maksimal ochkolar orqali yuqoriroqqa ko‘tarilishimiz kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:39, 26.09.2020.
O'qildi: 2078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик