Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Neftchi» bosh murabbiyi: «Jamoamiz oldidagi bosh vazifa Superligaga qaytish»

«Neftchi» bosh murabbiyi: «Jamoamiz oldidagi bosh vazifa Superligaga qaytish»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Pro liga 8-turi doirasidagi «Dinamo» - «Neftchi» (0:1) uchrashuvidan keyin farg‘onaliklar bosh murabbiyi Asad Do‘rmonov o‘yin haqida to‘xtaldi.

«Bilasiz, «Dinamo» va «Neftchi» o‘rtasida uzoq yillardan buyon o‘zaro jiddiy kurashlar bo‘lib kelgan. 20-asrda sobiq Ittifoq vaqtida ham doimo «Dinamo» va o‘shanda jamoamiz nomi «Neftyannik» deyilardi, ikki jamoa kurashib kelgan. O‘zim to‘p surgan vaqtlarimda ham Samarqanddagi o‘yinlarimiz hech qachon oson kechmasdi. O‘yindan avval shogirdlarimizga ham «Dinamo» bilan o‘yinlarimiz tarixi haqida gapirdim. Qolaversa, «Dinamo» o‘yin jihatdan katta o‘sishga erishganligi natijalaridan ham ko‘rinib turgandi. Samarqand klubi o‘yinlari takrorini tomosha qilib, jiddiy o‘rgangan edik. Bu klub to‘p bilan ko‘proq harakat qiladi. Yigitlarga rahmat qiyin va asosiy raqib ustidan g‘alaba qozona olishdi. Gol urib himoyada ishonchli to‘p sura oldik. Umuman olganda, «Neftchi» maydonda borini berdi.

Oxirgi 5ta o‘yinimizdan 4tasini safarda o‘tkazdik. Hech bir bahs aslida oson o‘tmadi. Bugun Samarqandda mavsumdagi eng muhim g‘alabamizga erishdik, desam bo‘ladi. O‘yin oldidan «Dinamo»ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik.

Jamoamiz oldidagi bosh vazifa Superligaga qaytish. «Istiqlol» Pro ligani tark etgach, aksariyat klublar qatori bizdan ham 3 ochko olib tashlandi. Chunki ularni mag‘lub etgandik. Endi keyingi o‘yinlarda bu ochko o‘rnini ham to‘ldirishimiz kerak.

Klubdagi muammolar? Hammada bor muammolar bizda ham bor, ammo biz hammasini bir chetga surib faqat g‘alaba uchun o‘ynayapmiz. Natija bo‘laversa, hammasi yaxshi bo‘ladi», - deydi «Neftchi» bosh murabbiyi Asad Do‘rmonov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:44, 26.09.2020.
O'qildi: 2859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик