Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Botir Qorayev: "Bunyodkor" bilan o‘yindan keyin futbolchilarimizda pasayish kuzatildi"

Botir Qorayev: "Bunyodkor" bilan o‘yindan keyin futbolchilarimizda pasayish kuzatildi"

Baho:
+ | -

Superliganing 19-tur doirasida bo‘lib o‘tgan Mash’al" hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanida "Mash’al" jamoasi yordamchi murabbiyi Botir Qorayev ishtirok etdi.

- Avvalombor, assalomu alaykum. Bugun Dilyaver Vaniyevning betobligi sababli, matbuot anjumanida o‘zim ishtirok etyapman. Bugungi o‘yin haqida nima deyish mumkin? AGKMK - tajribali jamoa hisoblanadi. Ular bekorga turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etib turishmayapti. Bugungi uchrashuv qiyin bo‘lishini bilgandik. O‘tkazib yuborilgan birinchi gol o‘yinga katta ta’sir ko‘rsatdi, deb o‘ylayman. Raqiblarimiz birinchi golini kiritishda o‘zimiz yaqqol xatoga yo‘l qo‘ydik. Birinchi o‘tkazib yuborilgan golda Ubaydullayev xatoga yo‘l qo‘ydi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, birinchi bo‘limning o‘zida ikki marta golga tortadigan vaziyat sodir etgandik, biroq bundan foydalana olmadik. Raqibning kiritgan ikkinchi golida darvozabonimizga nisbatan qo‘pollik qilingandek ko‘rindi. Buni o‘yindan keyin albatta ko‘rib chiqamiz.

- Jamoa beshinchi marotaba mag‘lubiyatga uchramoqda.

- Albatta, qiyin besh marotaba mag‘lubiyatga uchrash. Jamoamiz bu yil Superligaga yo‘l oldi. Tarkibimizda Superligada ilk marotaba o‘ynayotgan futbolchilar ko‘p. Shunday bo‘lsada, har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqyapmiz. O‘ylaymanki, jamoamiz yomon o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q. "Qizilqum"ga qarshi bahsda ham 4-5 ta vaziyat sodir etdik, "Surxon"ga qarshi o‘yinda kamida yettita golli vaziyatga ega bo‘ldik. To‘g‘ri, "Nasaf"ga qarshi o‘yinda unchalik yaxshi harakat qila olmadik. Ammo, bugun yigitlar yomon o‘ynagani yo‘q. Bugungi o‘yindagi mag‘lubiyatni unutib, "Qo‘qon-1912" jamoasiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Jamoaning beshta mag‘lubiyatidan keyin murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘lishi mumkinmi?

- Iste’fo borasida men ham narsa deya olmayman, buni klub rahbarlari hal qiladi. Biz o‘z ustimizda ishlashda davom etyapmiz, uchrashuvlarda yetarlicha vaziyatlarga ega bo‘lyapmiz. Agar jamoa o‘ynamayotgan bo‘lsa, buni tushunsa bo‘ladi. "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda bir kishi kam bo‘lib qolgan bo‘lsakda, yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik. Aynan shu o‘yindan keyin futbolchilarda pasayish kuzatildi, mana shu o‘yindan keyin jamoa o‘ziga kela olmayapti.

- Uchrashuv mobaynida hakamlarga e’tiroz bildirganingizni kuzatdik...

- O‘yin davomida hissiyot bo‘ladi. Hakamlarni ishini muhokama qilishga bizni haqqimiz yo‘q. Ularni ishini ko‘rib chiqadigan qo‘mita bor. O‘yin paytida futbolchilar ham, murabbiylar ham hissiyotga berilib ketadi.

- Zahiradan chiqqan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olmadi.

- Haqiqatdan ham, bugun zahiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olmadi. Meliyev harakat qildi, lekin kuchi yetmadi. Kamchiliklarni bartaraf etishda davom etamiz.

Kiritildi: 18:52, 17.10.2020.
O'qildi: 2355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик