Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Diyor Imomxo‘jayev: Futbolchi yoshini kichiklashtirish masalasida

Diyor Imomxo‘jayev: Futbolchi yoshini kichiklashtirish masalasida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shunday toifa odamlar bor, ular faqat gapiradi. Avval futbolda adolat yo‘q, yoshi katta futbolchilar uni bulg‘ayapti deydi. Shunday futbolchi fosh etilsa, tanish-bilishi yo‘q bo‘lgani uchun shunga tegishdi deydi. O‘sha futbolchi chetlashtirilsa, foydasi yo‘q, baribir tozalay olmaysan, deydi. Shuning o‘ziyoq gap-so‘zlarga e’tibor qilmay, qonun doirasida to‘g‘ri faoliyat olib borish eng to‘g‘ri yo‘l ekanini bildiradi.

O‘zPFL nima qiladi?

Tashkilot klubga futbolchini asl hujjatlari bilan qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish talabini qo‘yadi. Uning vakolatlari shu bilan cheklanadi. Mazkur ishdan bosh tashkilot — O‘FA albatta xabardor qilinadi. O‘FA lozim topsa, ishni tegishli qo‘mitaga oshirishi, shuningdek, klubning bu ishga aloqador yoki yo‘qligini tekshirishi mumkin. Jazo tayinlash masalasi ham shundan kelib chiqadi.

Fikrimcha, bu yerda yosh futbolchiga jiddiy jazo berish unchalik ham to‘g‘ri emas. Boisi bizning maqsadimiz futbolda sog‘lom raqobatni vujudga keltirishga hissa qo‘shish hamda malakali futbolchilar sonini ko‘paytirish (ularni “chopish” emas). Katta ehtimol bilan futbolchining yoshi o‘zgartirilgan vaqtda uning o‘zi buning nima ekani haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan, unga ota-onasi javobgar bo‘lgan.

Shundan kelib chiqib, futbolchining ota-onasini (aralashgan yoki yo‘qligiga qarab murabbiyini yoki klubini), shuningdek, hujjatni o‘zgartirishda ishtirok etgan boshqa shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘riroq bo‘ladi. O‘z navbatida bu qolgan mana shunday kishilar uchun ham o‘rnak bo‘lishi mumkin.

Nega aynan 2000 yildan keyingilar?

Bu illat juda ildiz otib ketgan. Hammasini jazolab ulgurish imkonsiz. Ammo bugundan yoshlar futbolini tozalashni boshlasak, bir necha yil ichida holat ancha o‘zgaradi. Jahon chempionatlaridagi yorqin ishtiroklari evaziga taqdirlanib, katta futbol etagida yo‘qolib qoladigan “yulduzchalarimiz” kamayadi. Biz soxta yulduzlarni ko‘paytirishdan emas, haqiqiy iqtidorlarni asrab-avaylashdan ko‘proq manfaatdormiz. Shunday ekan, yillar davomida soxta yoshli futbolchilar oyog‘i ostida qolib ketib, oqibatda futbolni tashlab ketgan iqtidorlar haqida o‘ylashimiz kerak.   

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 16:46, 26.10.2020.
O'qildi: 3141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.