Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Baxtiyor Ashurmatov: "Oxirgi o‘yinlarda vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz"

Baxtiyor Ashurmatov: "Oxirgi o‘yinlarda vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz"

Baho:
+ | -

Superliga 24-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

- Afsuski, oxirgi o‘yinlarda vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz, biroq gol ura olmayapmiz. Tabiiyiki, gol urmagach, g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Bugun balki tarkib tanlashda biroz adashdim deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda maydon markazini raqibga berib qo‘ydik. Himoyada ham xatolarga yo‘l qo‘ydik. Gol o‘tkazvorganimizdan so‘ng yigitlar hisobni tenglashtirish va g‘alaba qozonish uchun astoydil harakat qildilar. Biroq yaratilgan vaziyatlardan gollarni kirita olmaganimiz bizga qimmatga tushdi. Shunday bo‘lsa-da, futbolchilarimiz maydonda borlarini berib o‘ynashmoqda. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Agar yigitlar shu tarzda o‘ynashsa chempionatni munosib tarzda yakunlay olamiz.
Bugun achinib ketganim shu bo‘ldiki, mavsum davomida qilgan mehnatlarimiz mag‘lubiyat tufayli kutilgan natijani bermasligi mumkin.

“Lokomotiv”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. “Paxtakor” bilan o‘yinda afsuski, Avaz Mamatxo‘jayevni maydonga tushira olmagan edik. Murod Xolmuhammedov qanotda yaxshi harakat qilgandi. Bugun ham Xolmuhammedov maydonda katta hajmdagi ishni bajarib berdi. O‘z maydonimizda to‘p surganimiz sababli bugun hujumkor bo‘lgan yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarovni maydonga tushirgandim.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 17:16, 25.11.2020.
O'qildi: 1491 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.