Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Tarixiy voqeaga 10 yil bo‘ldi! Uchrashuv qahramonlari hozir qayerda?

Tarixiy voqeaga 10 yil bo‘ldi! Uchrashuv qahramonlari hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Kataloniyaning «Barselona» jamoasi tarixidagi eng omadli va sermahsul uchrashuvlardan birini yodga oladi. «El-klassiko»dagi g‘alabalar ikki klub uchun ham juda yoqimli, ammo 5:0 ni har doim ham uchratavermaysiz! Shu bois, ushbu g‘alabaga hissa qo‘shgan futbolchilarni yodga olishga qaror qildik.

Viktor Valdez

Kataloniya klubi uchun naqd 536 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uch bor YECHLda zafar quchdi. Keyin uch yil davomida Angliya va Belgiya klublarida faoliyat olib bordi. «MYU», «Midlsbro» va «Standart» sharafini himoya qilgach,qo‘lqoplarini mixga ildi. 2018 yildan boshlab esa, murabbiylik faoliyatini boshladi. 80 davomida «Barselona»ning 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari bilan shug‘ullandi. Ayni damda, Ispaniya chempionatining 4-divizion vakilini boshqarmoqda.

Dani Alves

Afsonaviy eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi 2008-2016 yillar oralig‘ida klub sharafini himoya qildi. So‘ng, u bilan jamoa shartnomani uzaytirishni istamadi. Oqibatda, Alves «Yuventus» va PSJ orqali «San Paulo»ga yetib oldi. Uning hisobida hozircha 43 ta sovrin mavjud. 37 yoshli futbolchi tempni tushirmayapti.

Karles Puyol

Butun faoliyati davomida «Barselona» sharafini himoya qildi va deyarli 600 ta o‘yinda ishtirok etdi. Butsalarini mixga ilgach, FIFAning elchisi sifatida faoliyat olib borishni boshladi. Ayni damda, yosh futbolchilarga agentlik qilish haqida bosh qotirmoqda.

Jerar Pike

Ayni damda, Pikening hisobidagi o‘yinlar soni ham 500 dan ortib ketdi. Jamoaning yetakchisi bilan klub tuzgan shartnoma 2024 yilga qadar mo‘ljallangan. Qahramonimiz ayni damda, klub prezidenti bo‘lishni orzu qilmoqda. Shuningdek, “Cosmos Xolding” nomli kattagina kompaniyaga ham asos solishga ulgurdi. Umuman olganda, uning ishlari chakki emas, biroq ayni damda jarohat olgan. Shu bois, «Barselona» yangi himoyachi izlash bilan band.

Erik Abidal

Abidal futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunladi. «Monako» va «Olimpiyakos» sharafni himoya qilgan futbolchi 2018 yilda sport direktori lavozimini egallash maqsadida Kataloniyaga qaytdi. Bu lavozimda ikki yil ishlagan bo‘lsada, Messi bilan qarama-qarshilik sababli unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuborishdi.

Serxio Buskets

32 yoshli Busketsda hech narsa o‘zgargani yo‘q. U o‘sha tempda faoliyatini davom ettirmoqda. U o‘yinlar soni bo‘yicha klub tarixidagi 7 futbolchi sanaladi!

Xavi

Xavi o‘sha ro‘yxatning birinchi pog‘onasini hech kimga bermay kelmoqda. 767 ta o‘yin! 1998 yilda faoliyatini boshlagan futbolchi 2015 yilda Kataloniyani tark etdi. U Qatarda faoliyatini davom ettirish maqsadida ko‘chib keldi va so‘nggi mavsumlarini shu yerda o‘tkazdi. Keyin o‘zi to‘p surgan “Al Saad”da murabbiylik faoliyatini boshladi. U Qatar kubogi va superkubogida zafar quchishga ulgurdi. Uning Toshkentdagi «Paxtakor»ga qarshi uchrashuvini muxlislar darrov yodga olgan bo‘lsa, ajab emas.

Andreas Inesta

9 bor Ispaniya chempionligi va 4 bor Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan Inyesta haqida uzoq so‘zlash mumkin. Xavi singari u ham jamoaning ajralmas bo‘lagi edi, ammo 2017 yilda Yaponiyaga yo‘l oldi. U hali-hamon «Vissel Kobe» sharafini himoya qilmoqda. Ha aytgancha, bu vaqt oralig‘ida u tug‘ilgan Albasete shahrida unga haykal o‘rnatishga ulgurishdi.

Pedro

«La Masiya» bitiruvchisi klub safida 321 ta o‘yinda ishtirok etdi va 99 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. U birinchilardan bo‘lib YEL, YECHL, JCH va Yevropa Chempionligini qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi. U yozda erkin agent sifatida «Roma» bilan shartnoma imzolagan. Hozirda, Rimda istiqomat qilmoqda.

David Vilya

David Kataloniya jamoasi sharafini 3 yil himoya qildi va shu vaqt oralig‘ida barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘tardi. Keyin “Atletiko” bilan shartnoma imzoladi. U yerda ham Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgach, pul ishlash kompaniyasini ishga tushirib yubordi. Avvaliga AQSHga yo‘l olgan bo‘lsa, keyin Yaponiyaga uchib keldi. U do‘sti Inyesta bilan birgalikda «Vissel Kobe» sharafini himoya qildi. Shu yilning fevral oyida esa, butsalarini mixga ilib yubordi.

Seydu Keyta

Keyta, keyinroq «Roma» va «Valensiya» sharafini himoya qildi. Ayni damda, Malidagi ochlikdan qiynalayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish bilan band. Yaqinda u ochgan fond naqd 600 kishi uchun qishki kiyim-bosh hadya qildi.

Jeffren

Venesuela termasi yulduzi o‘sha oqshom zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi. U bugungi ro‘yxatimizdagi eng kamtarin futbolchi. Bir necha yillar davomida Kiprda to‘p surgach, faoliyatini Xorvatiyada davom ettirishga qaror qildi. Ayni damda, aynan Xorvatiyaning «Slaven Belupo» klubida to‘p tepmoqda.

Boyan Kirkich

2011 yilda «Roma» safini borib to‘ldirdi. Keyin esa, uning Yevropa bo‘ylab sayohati boshlandi. «Milan», “Ayaks”, «Stok Siti», “Alaves”, «Mayns»da to‘p tepdi. Bu orada «Monreal Impakt» sharafini himoya qilishga ham ulgurdi.

Messi

No coment!!!

Pep Gvardiola

Qahramonimiz «Barselona»dan ketgach, «Bavariya» va «Manchester Siti»da muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. Ichki birinchilikdagi barcha sovrinlarni o‘ziniki qildi. Yaqinda «shaharliklar» bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirdi. Uning oldida endilikda YECHLni yutish vazifasi qo‘yilgan. U shu vazifani bajarish uchun turli-tuman rejalar tuzishdan to‘xtamayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:45, 30.11.2020.
O'qildi: 5913 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.