Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

Xalqaro futbol kuni munosabati bilan yosh futbolchilarga sovg‘alar ulashildi

Xalqaro futbol kuni munosabati bilan yosh futbolchilarga sovg‘alar ulashildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Dunyo bo‘ylab barcha futbolchilar, mutaxassis va muxlislar tomonidan 10 dekabr sanasi Xalqaro futbol kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ikki ming yillik o‘tmishga ega mazkur sport turi tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra qadimiy Xitoyda paydo bo‘lgan. Uning zamonaviy ko‘rinishi esa Angliyada shakllandi va bir qator mamlakatlarda keng ommalasha boshladi. Bora-bora xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida qit’a va jahon birinchiliklari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbek xalqi futbol bilan XX asr boshlarida shug‘ullana boshlagani va o‘zbek futboli tarixidagi ilk jamoa Qo‘qonda tarkib topdi. Shundan so‘ng, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo bo‘ldi va mamlakat birinchiligi bahslari ham o‘tkazila boshlagani haqida tarixiy manbalarda ma’lumot beriladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 10 dekabr – Xalqaro futbol kuni sifatida futbol bayrami sifatida qayd etilgan.

Ushbu kunda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Toshkent shahar «B» ligasi final uchrashuviga tashrif buyurdi. Mirobod tumani IBO‘SM maydonida 2007 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat «Shtutgart» va Chilonzor BO‘SM jamoalar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda «Shtutgart» futbolchilari g‘alaba qozondi va chempionlikni qo‘lga kiritib, «A» liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bahslar yakunida O‘FA vakillari Xalqaro futbol kuni munosabati bilan «Shtutgart» jamoasi hamda namunali BO‘SM va IBO‘SM murabbiylari va tarbiyalanuvchilariga futbol to‘plari va sport anjomlari sovg‘a qildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:31, 10.12.2020.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.