Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Navbahor» Superliga bahslarida Namanganda mag‘lubiyatga uchramadi bo‘lmadi

«Navbahor» Superliga bahslarida Namanganda mag‘lubiyatga uchramadi bo‘lmadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan bahsda “Nasaf”ga imkoniyat boy berilganidan so‘ng, "Navbahor" uchun joriy yilgi mavsum yakunlandi.

Coca Cola Superliga bahslari esa 3 dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetgandi. Shundan so‘ng, tez orada, ya’ni, 7 dekabr kunidan O‘zbekiston kubogi o‘yinlari boshlanganligi bois, biz “Navbahor”ning Superliga–2020dagi statistik ma’lumotlariga to‘xtala olmagandik.

Ko‘pchilik muxlislarni “lochinlar”ning milliy chempionatimizning yakunlangan mavsumida qayd etgan statistik natijalari qiziqtirishini inobatga olgan holda, “Navbahor”ning Superliga–2020dagi statistik ma’lumotlariga to‘xtalishga qaror qildik.

Yakunlangan mavsumda "Navbahor" 26 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, 11 ta bahsda durangga erishib, 7 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. To‘plar nisbati – 24-21 ni tashkil etgan holda, “Navbahor” jami 35 ochko to‘pladi va yakunda turnir jadvalida 8-o‘rinni egalladi.

E’tiborlisi, Superliga–2020 da “lochinlar” Namanganda, ya’ni o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingohda mag‘lubiyatga uchrashmagan. “Navbahor” Namanganda o‘tkazilgan 11 ta bahsning  6 tasida zafar quchib, 5 ta o‘yinda durangga imzo chekdi hamda o‘z maydonidagi uchrashuvlarda jami 23 ochko to‘pladi.

O‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “lochinlar” raqiblar darvozasiga 12 ta gol urib, o‘z darvozalaridan  3 ta to‘p o‘tkazib o‘tkazib yuborishdi.

"Navbahor" safarda ham 11 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta yutuq, 4 ta durang hamda 5 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, jami 10 ochko to‘pladi. Safar o‘yinlarida namanganliklar 10 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 14 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.

Xabaringiz bor, karantin sababli, Superliganing 10-13-turlardan o‘rin olgan bahslari markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazildi.

Mazkur  4 ta o‘yinda “Navbahor” 2 ta durang hamda 2 ta mag‘lubiyatni qayd etib, jami 2 ochko egasiga aylandi.

Neytral maydonlarda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “lochinlar” 2 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 4 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:55, 15.12.2020.
O'qildi: 3096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик