Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shota Arveladze: "Yarim finalga munosib jamoalar yetib kelishgan"

Shota Arveladze: "Yarim finalga munosib jamoalar yetib kelishgan"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Kubogi yarim final doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirok etdi.

- Avvalo shuni aytishim joizki, yarim final uchrashuvlariga mavsumda barqaror o‘ynagan va barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tgan jamoalar yetib kelishdi. Sinovlar mavsumida bizdan tashqari, “Nasaf”, AGMK va “Qo‘qon-1912” jamoalari yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Bugungi uchrashuv haqida aytadigan bo‘lsam, bunday maydonda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Shunday bo‘lsa-da, shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g‘alaba bilan futbolchilarimizni tabriklayman. O‘yinga juda yaxshi hozirlandik. Maydon biz xohlaydigan futbolni namoyish etishga imkon bermasligini bilardik. Futbolchilarga rahmat aytaman, ular bor kuchlarini berishdi, keskin o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondik. Ko‘plab vaziyatlar yuzaga keltirdik, raqibga deyarli imkoniyat bermadik. Finalga yo‘l oldik, yutuqqa haqli edik. Mezbonlarga esa sog‘liq, yaxshi hordiq chiqarib, keyingi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlarini tilab qolaman.

Kubok bahslarini bashorat qilish mushkul. Futbolda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, masalan Gruziya kubogining finalida ikkita quyi liga jamoalari maydonga tushishdi. Birozdan keyin boshlanadigan AGMK-Nasaf o‘yinini maroq bilan ko‘rishga harakat qilaman. Har ikki jamoa ham finalga loyiqdir.

Gruziyadan yana futbolchilar olib kelish mumkin. Buning uchun izlanish kerak. Futbolda har doim iqtidorlarni topish mumkin. O‘z mamlakatingdan futbolchi olib kelishda juda ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi. Sen olib keladigan o‘yinchi boshqa futbolchilardan 10-15 karra ustun bo‘lishi kerak.

Masharipovni Saudiya klubiga o‘tishi borasida nima deyishim mumkin? Jalolidin Masharipovni "Paxtakor" bilan yana bir yillik shartnomasi bor.

Kiritildi: 15:48, 16.12.2020.
O'qildi: 2808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.