Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Transfermarkt narxi eng ko‘p oshgan o‘zbekistonlik futbolchilar reytingini e’lon qildi

Transfermarkt narxi eng ko‘p oshgan o‘zbekistonlik futbolchilar reytingini e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda navbatdagi futbol mavsum yakuniga yetganidan so‘ng taniqli Transfermarkt portali Superligada ishtirok etgan futbolchilarning yangi narxini e’lon qildi.

Yakunlangan mavsum «Paxtakor» klubi uchun omadli keldi. Jamoa O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston kubogida g‘olib chiqish bilan birgalikda, Osiyo chempionlar ligasida chorak finalgacha yetib bordi. Tabiiyki, ushbu jamoa o‘yinchilarining narxlari o‘sdi.

Paxtakorchilar yetakchisi Jaloliddin Masharipov barcha musobaqalar doirasida 10ta gol urib, 23ta golga uzatma berdi. Natijada uning narxi 2 mln. yevroga yetdi. Ushbu narx bilan Jaloliddin o‘zbekistonlik futbolchilar orasida Aziz G‘aniyevdan o‘tib ketgan holda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu borada Eldor Shomurodov (6,5 mln. yevro) va Otabek Shukurov (2,5 mln. yevro) yetakchi bo‘lib turishibdi.

Shuningdek, «Paxtakor»ning yana 3 nafar futbolchisining narxi oshdi. Doston Hamdamovning narxi 300.000 yevroga oshdi va 1,2 mln. yevroga yetdi. Odiljon Hamrobekovning bahosi 250.000 yevroga oshib, bir million yevrolik marraga yetdi. Hojiakbar Alijonov esa 900.000 yevroga baholandi (+200.000).

Darvoqe, Superliga to‘purari Dragan Cheranning narxi 100 mingga tushdi va hozirda 750 ming yevroga baholandi. Bunga uning 33 yoshga kirgani sabab bo‘ldi.

«Nasaf» darvozaboni Abduvohid Ne’matov narxi eng ko‘p ko‘tarilgan o‘zbekistonlik futbolchilardan biri bo‘shlgan. Uning narxiga 300 ming yevro qo‘shildi va 600 mingga yetdi. 19 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda eng barqaror o‘yin namoyish etgan posbonlardan biri bo‘ldi. Qarshiliklar hujumchisi Bobur Abduxoliqov (17ta gol) ham o‘sishga erishdi — 900.000 yevro (+250 ming yevro).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:09, 28.12.2020.
O'qildi: 12788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.