Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

«Buxoro» professional futbol klubiga yangi bosh direktor tayinlandi

«Buxoro» professional futbol klubiga yangi bosh direktor tayinlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2019 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingan edi. O‘sha farmonda Superliganing 10 va Pro-liganing 3 jamoasi ta’sis hujjatlari Davlat aktivlarini boshqari agentligiga o‘tkazilishi masalasi belgilandi. O‘tgan yil boshidan beri jamoalarning ta’sischilari o‘z ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisobiga o‘tkazib kelishmoqda. Endilikda ushbu jamoalarga rahbar va rahbar o‘rinbosarlarini tayinlash Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

31 dekabr kuni «Buxoro» professional futbol klubi anjumanlar zalida navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov, Buxoro shahar hokimi O‘tkir Jumayev, Buxoro jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Mirzayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakili hamda Buxoro futbol klubi rahbariyati, ishchi xodimlari va jamoa ishqibozlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan qaror yig‘ilish ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.

«Buxoro» professional futbol klubi bosh direktori Rustamov Alisher Hiktamovich boshchiligida “Buxoro ”jamoasining O‘zbekiston superligasida muvaffaqiyatsiz ishtiroki hamda klub va bosh direktor o‘rtasida 2021 yil 1 yanvargacha tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi belgilangan muddatda bekor qilinishini inobatga olib, «Buxoro» professional futbol klubi rahbari lavozimiga Alimov Jamol Abdusattorovich, Bekmurzayev Farrux Husenovich va Qodirov O‘tkir Olimovich nomzodlarini ko‘rib chiqqan holda, amaldagi qonunchilik talablariga asosan tanlov o‘tkazilib, tanlov natijalari bo‘yicha nomzod Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda «Buxoro» professional futbol klubiga bosh direktor etib 2021 yil 1 yanvardan Alimov Jamol Abdusattorovich tayinlandi.

Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Jamol Abdusattorovichga ma’lum majburiyatlar yuklatildi. Bular: jamiyat moliyaviy holatini yaxshilash, homiylik mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish, mavjud kreditor qarzdorliklarni shu jumladan oylik ish haqidan qarzdorliklarni bartaraf etish choralarni ko‘rish hamda amalga oshiriladigan ishlar to‘grisida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davriy ma’lumotlar kiritib borish vazifasi yuklatildi.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 18:14, 02.01.2021.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.