Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Cerbiyalik futbolchilar o‘zbek futboli haqida nima deyishdi?

Cerbiyalik futbolchilar o‘zbek futboli haqida nima deyishdi?

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, jamoamizning bugungi mashg‘ulotiga ikki nafar serbiyalik futbolchilar – himoyachi Nikola Tasich va yarim himoyachi Marko Putinkanin qo‘shilishdi.

Mazkur o‘yinchilarni muxlislarga yaxshiroq tanishtirish maqsadida ulardan qisqacha intervyu oldik.

- Avvalo, Namanganga xush kelibsizlar!

Nikola Tasich: Rahmat.

- Sizlarni “Navbahor”ga kim taklif qildi?

Marko Putinkanin: Ayni paytda jamoangizda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Drajen Dukich qo‘ng‘iroq qilib, taklif etdi.

- Yurtimiz futboli borasida nima deya olasizlar?

N.T.: O‘zbekiston klublaridan “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Navbahor” jamoalarini yaxshi bilaman. Bundan tashqari, "Navbahor"ning muxlislari O‘zbekistondagi eng sadoqatli va fidoyi muxlislar ekanligi borasida ham eshitgandim.

M.P.: Men ham “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Bunyodkor” hamda “Navbahor” klublari haqida ma’lumotga ega edim. Shuningdek, O‘zbekiston milliy chempionatida o‘ynagan Dragan Cheran, Marko Simich va Marko Stanoyevichlar bilan do‘stmiz.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda faoliyat yuritgan ko‘plab serbiyalik murabbiylar, jumladan, Deyan Jurjevich, Drajen Dukichlar haqida ham yaxshi bilaman. Dukichning bungacha yurtingizning “Paxtakor” va “Qo‘qon - 1912” jamoalarida ishlaganidan ham xabarim bor.

- “Navbahor” haqida qanchalik ma’lumotga egasizlar?

M.P.: Jamoa o‘z an’analariga ega, O‘zbekistonning eng sovrindor klublaridan biri ekanligi, shuningdek, ajoyib, fidoyi muxlislari bor jamoa ekanligini eshitgandim. Mana bugungi mashg‘ulotga ham ko‘plab muxlislarning tashrif buyurishgani ham ushbu so‘zlarni isbotlamoqda.

O‘z navbatida Namanganning O‘zbekistondagi yirik shaharlardan biri hamda gullar shahri ekanligi borasida eshitgandim.

So‘zim yakunida yana shuni ham shuni ham ta’kidlamoqchimanki, bizni “Navbahor”da juda yaxshi kutib olishdi. Yangi jamoadoshlarimiz bilan tanishib oldik. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ma’lumot uchun

Nikola Tasich – 1992 yil, 17 yanvarda Serbiya poytaxti Belgradda tug‘ilgan.

Ampluasi – himoyachi.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Jeleznik Lavovi” (Belgrad, 2009-2010 yillar mavsumida), “Dinamo” (Vrane, 2010-2011 yillar), “Balkan-Miriyevo” (Belgrad, 2011-2012 yillar), “Chukarichki” (Belgrad, 2011-2013 yillar), “Radnichki” (Nova-Pazova, 2013 yil), “Jeleznik lasta” (Belgrad, 2014-2015 yillar), “Sloboda” (Ujise, 2015-2016 yillar), “Yagodina” (Yagodina, 2016-2017 yillar), “Boras” (Chachak, 2017-2019 yillar),SHvesiyaning “Almeboda” (2013-2014 yillar), Qozog‘istonning “Qiziljar” (Petropavlovsk, 2017 yil) jamoalarida to‘p surgan.

O‘tgan mavsumni esa Serbiyaning “OFK Jar” (Belgrad) jamoasida o‘tkazgan.

 

Marko Putinkanin – 1987 yil, 16 dekabrda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tug‘ilgan.

Ampluasi – yarim himoyachi.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Zemun” (Zemun, 2006 yil), “Bejaniya” (Belgrad, 2007-2008, 2011, 2013-2014 yillar), “Donyi Srem Pesini” (2012 yil), “Radnik” (Surdulisa, 2015 yil), “Vojdovas” (Belgrad, 2016-2017 yillar), “Voyvodina” (Novi-Sad, 2018 yil), Albaniyaning “Dinamo” (Tirana, 2009-2010 yillar), Qozog‘istonning “Jetisu” (Toldiqo‘rg‘on, 2014 yil), Sloveniyaning “Olimpiya” (Lyublyana, 2018 yil) jamoalarida o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda “Vojdovas” jamoasida o‘ynagan.

Kiritildi: 22:51, 12.01.2021.
O'qildi: 4334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.