Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Botirali Ergashev AGMK futbolchisiga aylandi

Botirali Ergashev AGMK futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Iqtidorli darvozabon, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lgan kiper Botirali Ergashev jamoamiz a’zosiga aylandi.

O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod sanalgan, "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan 25 yoshli darvozabon faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "Dinamo" va "Qo‘qon-1912" jamoalari darvozasini qo‘riqlagan. Yangi mavsumdan e’tiboran esa mahoratli posbon AGMK darvozasiga qulf osadi.

Botirali Ergashev AGMK bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Botirali Ergashev 1995 yili 23 iyunda Namangan viloyatida tavallud topgan. 2018 yili Xitoyda o‘tkazilgan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va o‘shanda termamiz darvozasini munosib qo‘riqlagandi.

Botirali Ergashev faoliyati davomida 53 o‘yinda darvozani qo‘riqlagan va 68ta gol o‘tkazib yuborgan. Ergashev 17ta uchrashuvda darvoza daxlsizligini quruq saqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 18:51, 22.01.2021.
O'qildi: 2405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик