Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Navbahor» rahbariyati murabbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazdi

«Navbahor» rahbariyati murabbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun “Navbahor” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingohning matbuot anjumani zalida “Navbahor” PFK rahbariyati murabbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda klub vise-prezidenti Otabek  Samatov, klub sport direktori Dilshod Aliyev, jamoaning maslahatchi-murabbiyi, tajribali mutaxassis Viktor Jalilov, “Navbahor – farm” jamoasi bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov, “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasi murabbiylari – Usmon Asqaraliyev va Alisher Mahmudov, “Navbahor – U-18” jamoasi murabbiyi A’zam Rajabboyev ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Otabek Samatov Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov ta’kidlaganidek, bu yildan klubning strategiyasi o‘zgartirilib, asosiy e’tibor viloyatimizdagi iqtidorli hamda mahoratli futbolchilarga qaratilishi, bu borada “Navbahor”ning barcha toifadagi murabbiylari bahamjihatlikda, o‘zaro birlikda, fikr almashgan holda ish olib borishlari lozimligi, aynan viloyat rahbarining tashabbusi bilan Davlatobod tumanidagi sobiq “Sport” mehmonxonasi qayta ta’mirlanib, “Navbahor”ning farm va U-21 yoshlar jamoalari uchun qarorgoh (baza)ga aylantirilishi vazifasi belgilanganligi, tez orada bu borada ishlar boshlanishi, iqtidorli futbolchilar kelajakda “Navbahor” tarkibidan o‘rin olib, jamoaning zafarlariga o‘z hissalarini albatta qo‘shishlari, shuningdek, xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishlarini ta’kidladi.

Viktor Jalilov ham Namangan iqtidorli futbolchilarga boy viloyat ekanligi, faqat ularning iqtidorlarini to‘g‘ri yo‘naltirish lozimligini aytib o‘tdi.

Ushbu masalalar yuzasidan murabbiylar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi hamda iqtidorli futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratishlarini ta’kidlashdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:50, 05.02.2021.
O'qildi: 2352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик