Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Nasaf» klubi tarqatib yuboriladimi?

«Nasaf» klubi tarqatib yuboriladimi?

Baho:
+ | -

«Nasaf» klubiga tegishli kumush medallar borasida

O‘zPFL o‘tgan yilning 3 dekabr kuni «Nasaf»ga tegishli bo‘lgan kumush medallarni klubga rasman topshirgan. Usha kuni «Nasaf» mavsumning so‘nggi o‘yinida «Lokomotiv» klubiga qarshi maydonga tushgan.

Viloyat hokimining so‘nggi uchrashuvga ehtimoliy tashrifi bilan kumush medallarni muxlislar ko‘z o‘ngida topshirish taklifi berilgan. Avvalroq «Nasaf» U-18 jamoasi ham o‘z chempionlik medallarini aynan asosiy stadionda o‘yindan keyinoq qabul qilib olgandi. Biroq klub asosiy tarkib futbolchilari keyinchalik alohida rag‘batlantirilishini ma’lum qilgan. Medallar klubning o‘zida turibdi.

«Nasaf» borasidagi so‘nggi xabarlar borasida

«Nasaf» FK borasidagi qo‘rqinchli xabarlarga bosiqlik bilan yondoshish to‘g‘riroq bo‘ladi. Moliyaviy muammolar bor ekani fakt. Shuningdek, boshqaruv tizimida ham yetarlicha muammo bor ekanini tan olish kerak. Buni klubning ketma-ket uch yildan buyon OFK lisenziyasini ololmayotgani, shuningdek, "Mash’al" va "Sho‘rtan" klublari farqli ravishda tinimsiz harakatda ekani bilan izohlash mumkin.

«Nasaf»ning tarqalib ketishini aniq talqin qilish kerak. Ya’ni, yetakchi futbolchilar va tajribali murabbiylar klubda ortiq ishlamaslikka qaror qilishlari katta ehtimol. Biroq bu «Nasaf»ning tarqalib ketishini bildirmaydi. Oddiy misol, "Sho‘rtan" transferi taqiqidan kelib chiqib, Qashqadaryo hududidagi futbol maktablaridan 18-19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni yig‘ib, jamoa shakllantiryapti. «Nasaf»da esa bunday yoshlar ko‘p. Klubning moliyaviy holati bo‘yicha yakuniy xulosani muxlislar ham, jurnalistlar ham, klub rasmiylari ham ayta olmaydi. Yakuniy xulosa «Nasaf» futbol klubini moliyalashtiradigan korxona tomonidan aytilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Hozircha bizda «Nasaf» futbol klubi yopilishi borasida hech qanday aniq ma’lumot yo‘q. Qolaversa, mamlakat titanlaridan biri bo‘lgan klubning shunchaki yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l ham qo‘yilmaydi. Qisqa qilib aytganda, xavotir olish to‘g‘ri, ammo vahima qilish nojoiz.

Bu yerda birgina achchiq haqiqat shundan iboratki, klublar smetasi doimo juda kech tasdiqlanadi. Bu esa futbol klublarini izdan chiqaryapti. Bu masala albatta tartibga solinishi shart.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 17:58, 05.02.2021.
O'qildi: 8653 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.