Yevropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan «Molde» va «Xoffenxaym» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin Ispaniyaning Vilyareal shahriga ko‘chirildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Bahs "Estadio-de-la-Keramika" stadionida 18 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
UEFAning bunday qarorga kelishiga Yevropada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘ldi.