O‘zbekiston milliy jamoasi bugun Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘in doirasida uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Vadim Abramov jamoasiga Soligorskning "Shaxtyor" klubi raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Shaxtyor" safida o‘zbekistonlik hujumchi Shahzod Ubaydullayev faoliyat yuritmoqda.