Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Real» rahbariyati jarohatlar ko‘payib ketgani bois ichki surishtiruv boshladi

«Real» rahbariyati jarohatlar ko‘payib ketgani bois ichki surishtiruv boshladi

Baho:
+ | -1

«Real» rahbariyati jamoa futbolchilarining muntazam jarohat olayotganidan jiddiy xavotirga tushmoqda.

2020/21 yilgi mavsum davomida «Real»da umumiy miqdorda 41 ta jarohat kuzatilgan, 20 nafar futbolchi jabrlangan. Bu La Ligadagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Jarohatlanganlar umumiy miqdorda 823 kuni va 146 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan.

«Real»ning chempionlik poygasidagi raqiblari «Atletiko»da joriy mavsum bor-yo‘g‘i 16 ta jarohat kuzatilgan, «Barselona»da esa — 25 ta.

Bunday yuqori ko‘rsatkich «Real» rahbariyatini jamoa ichida surishtiruv amalga oshirishga majbur qilgan, deya xabar qilmoqda Marca.

Joriy mavsum «Real»da kuzatilayotgan jarohatlarning 30 tasi mushaklar shikastlanishi bilan bog‘liq. Bunda ko‘pincha jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy javobgar bo‘ladi. Qizig‘i, Grigori Dyupon madridliklar klubining fitnes-murabbiyi etib tayinlangach, jamoaning muammolari ham boshlandi. Fransiyalik mutaxassis «Real»da Zinedin Zidan bilan uch yil birga ishlagan Antonio Pintusni almashtirgandi.

Biroq Dyupon kelganidan keyingi ilk mavsumoldi yig‘inidayoq muammo yuzaga keldi: jamoaning olti futbolchi mavsum startini o‘tkazib yubordi. Mutaxassis mashg‘ulotlarda futbolchilarga juda og‘ir yuklamalar berishi ma’lum.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:45, 22.02.2021.
O'qildi: 7188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик