Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Toshkent «Katta dubulg‘a» turniri muxlislar bilan o‘tishi kutilmoqda

Toshkent «Katta dubulg‘a» turniri muxlislar bilan o‘tishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Dzyudo muxlislari uchun xushxabar! Yaqinlashib kelayotgan Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri muxlislar bilan o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida rasmiylar musobaqaga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar qilishdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-7 mart kunlari poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha ilk bor “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi yirik musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini berishi bilan yanada ahamiyatli. Bugun MOQ majlislar zalida mazkur musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, Xalqaro dzyudo federasiyasining (IJF) musobaqalarni tashkil qilish bo‘yicha menejeri Lisa Allan hamda tashkilotda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Abdulla Murodov, shuningdek, terma jamoamizning yetakchi sportchi va murabbiylari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.   

Anjumanni Ravshan Irmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O.Kasimov va L.Allan ham mazkur tadbir va bo‘lajak musobaqa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Shundan so‘ng anjumanning savol-javob qismiga navbat berildi. Tabiiyki, musobaqaga muxlislarning kirishi haqidagi savol ko‘pchilikni qiziqtirdi. Bunga Azizjon Kamilov quyidagicha javob berdi:

“Muxlislar uchun xushxabarimiz bor: Xalqaro dzyudo federasiyasi Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida muxlislarning arenaga kirishiga ruxsat berdi. Faqat buning uchun o‘ziga yarasha talablar ham qo‘yildi. Bunda tashkilotchilar muxlislarning sportchilar bilan aloqada bo‘lmasliklarini ta’minlashi zarur. Bu borada hukumatimizdan ham rasman ruxsat olsak va xalqaro federasiya talab qilgan tizimni ishlab chiqsak bo‘lgani”.

Shuningdek, Lisa Allan musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik haqida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Toshkent doim bizning ishonchimizni oqlab kelgan. Ko‘rib turibmanki, bu yilgi turnirga ham tayyorgarlik ko‘ngildagidek olib borilmoqda. Maqsadimiz dzyudo oilasi uchun ushbu sport havosini ulashish. Bu borada birinchi navbatda sportchilar, mehmonlar va mezbon mamlakatning xavfsizligini ta’minlashimiz kerak”, – dedi IJF vakili.

Anjuman davomida Azizjon Kamilov terma jamoamizning musobaqaga olib borayotgan tayyorgarligi, tarkibda kimlar bo‘lishi haqida qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Musobaqada tarkibimiz asosan yoshlardan iborat bo‘ladi. Negaki, biz ularga bunday xalqaro musobaqalar havosini ko‘rishlari uchun imkon berishimiz kerak. Boisi oldinda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ham turibdi. Kichik jarohati sabab Muhammadkarim Xurramov bu turnirni o‘tkazib yuboradi. Hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan “Katta dubulg‘a” turniriga tayyorgarlik yuqori saviyada olib borilmoqda”, – dedi MOQ raisi o‘rinbosari.

Tadbir davomida mutasaddilar musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha IJF qo‘ygan talablar, Toshkentning kelgusi yil kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qilishi, jamoamiz oldiga qo‘yilgan rejalar haqidagi savollarga ham javob berib o‘tishdi. O‘z navbatida, jamoamiz bosh murabbiyi Ilias Iliadis va dzyudochilarimiz “Katta dubulg‘a” turnirida g‘alabalari bilan muxlislarimizni yanada xursand qilishga va’da berishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:55, 22.02.2021.
O'qildi: 1910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.