Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Toshkent-2025. Osiyo o‘yinlari uchun Olimpiya shaharchasi Qibrayda quriladi

Toshkent-2025. Osiyo o‘yinlari uchun Olimpiya shaharchasi Qibrayda quriladi

Baho:
+ | -

2025 yilda Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari uchun Olimpiya shaharchasi Qibrayda quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Ulardan biri – Toshkent viloyatining Qibray tumanida, “Toshkent-SHarqiy” aerodromi yaqinida 155 gektarlik bog‘ barpo etish loyihasi. Uni ishlab chiqishda dunyo megapolislaridagi mashhur parklarning landshafti, qulayliklari o‘rganilgan. Bu bog‘ faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat o‘ziga xos dendropark bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu poytaxtimiz ekologiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadigan, aholi va mehmonlar sayr qiladigan “yashil hudud” bo‘ladi.

Mazkur bog‘ning yonida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lumki, Osiyo Olimpiya kengashining qaroriga ko‘ra, 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi. Unda qit’amizdagi 45 ta mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha bellashadi.

Aytish joizki, bunday nufuzli xalqaro musobaqa O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba o‘tkaziladi. Davlatimiz rahbari bu mamlakatimizga ko‘rsatilgan katta ishonch ekanini, ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidlagan edi.

Shu maqsadda 160 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Chirchiq daryosining 5 kilometrdan ziyod qismida qirg‘oqlarni tartibga keltirib, eshkak eshish bo‘yicha musobaqalar uchun zarur sharoit yaratish mo‘ljallangan. Uning bo‘ylarida esa 270 gektarlik park etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qibray tumanining ushbu hududida 2 ta universitet, shifoxona, ekspo, savdo va ko‘ngilochar markaz binolari joylashtirilishi nazarda tutilmoqda.

Prezident loyihalarni sifat va qulaylik jihatidan takomillashtirish, inshootlarni qurishda jahondagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Kiritildi: 11:00, 26.02.2021.
O'qildi: 5228 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик