Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Navbahor" nazorat uchrashuvida "Andijon"dan ustun keldi

"Navbahor" nazorat uchrashuvida "Andijon"dan ustun keldi

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Andijon” – 2:0 (0:0)

Hakamlar: Muzaffar Mamatxonov, Islomjon Nosirov, Abdurahim Jabborov.

Gollar: Marko Putinkanin (53), Shohruh Mahmudhojiyev (85).

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Nikola Tasich, Mirzohid G‘ofurov, Marko Putinkanin, Bahrom Abdurahimov, Quvondiq Ro‘ziyev, Ivan Solovyov, Slavisha Stoyanovich, Zabihillo O‘rinboyev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahimjon Davronov, Farhod Mirahmatov, Sherzod G‘ulomjonov, Azimjon Ahmedov, Islombek Isoqjonov, Husayn Ergashboyev, Sardor Telyakov, Shohruh Mahmudhojiyev, Ehsoni Panshanbe, Xushnud Avilov, Temur Nabiyev, Abbos G‘ulomov.

“Andijon”: Nizomiddin Ziyovuddinov, Usmonali Ismonaliyev, Plamen Dimov, Ibrohim Otaxonov, Sunnatilla Hamidjonov, Muhammad Isayev, Diyor Rahimqulov, Kamron Saidazimov, Farhod Sohibjonov, Doniyor Ismoilov, Abdulhay Ismoilov.

Zaxiradagilar: Jasur Umrzoqov, Javohir Qilichev, Kamron Najafaliyev, Abdug‘ani Kamolov, Mardon Abdullayev, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Doniyor Abdumannopov.

Chetlatishlar: Ibrohim Otaxonov, Kamron Najafaliyev (“Andijon”).

Yangi mavsum tayyorgarligini Namanganda davom ettirayotgan “Navbahor” jamoasi bugun “Andijon” klubiga qarshi navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida bo‘lib o‘tgan bahs “lochinlar”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Navbahor” futbolchilari o‘yinning dastlabki daqiqalaridan tashabbusni qo‘lga olib, ketma‑ket hujumlar uyushtirishdi va Zabihillo O‘rinboyev hamda Quvondiq Ro‘ziyevning kuchli zarbalarini “Andijon” darvozaboni qaytardi.

25‑daqiqada “Navbahor” tarkibida majburiy o‘zgarish amalga oshirildi: jarohat olgan Bahrom Abdurahimov o‘rniga Ehsoni Panshanbe maydonga tushdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Marko Putinkaninda qulay vaziyat yuzaga keldi, lekin uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Shuningdek, Slavisha Stoyanovich ham yaratilgan imkoniyatdan foydalana olmadi.

Bir qator hujumlar uyushtirilishiga qaramay, jamoalar tanaffusga 0:0 hisobi bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida “Navbahor” tarkibida bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. 47‑daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Azimjon Ahmedovning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Shuningdek, Ivan Solovyov ham o‘z zarbasi bilan “Andijon” posbonining hushyorligini sinab ko‘rdi.

53-daqiqada o‘yinda hisob ochildi. Marko Putinkanin “Andijon” darvozasini ishg‘ol qildi – 1:0.

Oradan hech qancha muddat o‘tmay, Slavisha Stoyanovich ketma‑ket ikkita qulay vaziyatga chiqdi, ammo ulardan foydalanishda serbiyalik futbolchiga aniqlik yetishmadi.

Uchrashuvning qolgan qismida ham ustunlikni o‘z tomonida saqlab qolgan “lochinlar” 85‑daqiqada raqib jamoa darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritishdi.

Shohruh Mahmudhojiyev jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

Ta’kidlash joizki, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida “Andijon”ning ikki futbolchisi Ibrohim Otaxonov va Kamron Najafaliyev qizil kartochka olib, maydondan chetlatildilar.

Uchrashuv 2:0 hisobida jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kiritildi: 20:10, 26.02.2021.
O'qildi: 2349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.