Bugun aniqrog‘i, tungi soat 00:45da Italiya A seriyasi doirasidagi 25 - tur uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda Turinning «Yuventus» jamoasi «Alyans» stadionida «Spesiya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Chempionlikmi maqsad qilgan va ligada jon saqlash uchun harakat qilayotgan mazkur jamoalar o‘rtasidagi qiziqarli bahsning atrofidagi gaplar ham talaygina. Xususan, ayni paytda A seriya yetakchisi bo‘lgan «Inter»dan 10 ochko ortda qolayotgan, turinliklar joriy yilgi mavsumda unchalik o‘ziga o‘xshamayapti. Kerak paytda yo‘qotilayotgan ochkolar, mavsum so‘ngida jamoaga muammo keltirib chiqarishi mumkin. «Spesiya» esa ayni paytgacha 25 ochko to‘plashni uddalagan. Ayniqsa, la-spesiyaliklarning ikki hafta oldin «Milan» ustidan qozonilgan g‘alabasi jamoa bilan hazillashib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Hozir biz sizlarga mazkur ikki jamoa atrofida bo‘layotgan yangiliklar, ushbu bahs yo‘qotishlar hamda ehtimoliy tarkibi haqidagi qisqaacha prevyuni sizlarga taqdim etamiz.
«Yuventus»
Turin jamoasi ayni paytda 46 ochko bilan, turnir jadvalida 3-o‘rinda ketmoqda. A seriya yetakchisi bo‘lgan «Inter»dan 10 ochko bilan ortda qolishmoqda, bu esa oxirgi 10 yillikdagi eng yomon natijalardan biri sifatida qaralmoqda. Chunki, Pirlo shogirdlari o‘tgan yilni hisobga olmaganda, oldingi har mavsumda raqiblaridan katta ochkolar bilan oldinda yurardi, lekin bu yil jamoaning o‘yini biroz oqsamoqda. «Keksa sinyora» yanvar oyida ichki chempionat doirasida 4 marta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shularning ikkitasida ochko yo‘qotdi. 13 - fevral kuni «Napoli» maydonidan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan ortga qaytgan bo‘lsa, o‘tgan turda tuurinliklar «Verona» jamoasi bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Qolaversa, jamoaning xalqaro maydondagi ishlari ham yaxshi emas. Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi «Portu»ga qarshi uchrashuvda Pirlo va uning jamoasi 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
«Yuventus»ning o‘tgan turda «Verona» bilan bo‘lgan durangidan ko‘proq, Milanning ikki jamoasi «Inter» va «Milan» ko‘proq yutdi. Mazkur bahsda Chunki Pirlo shogirdlarining bu yog‘iga yo‘qotgan har bir ochkosi jamoani shuncha Skudettodan uzoqlashib boraveradi. Ushbu bahs oldidan «Yuventus»da bir nechta yo‘qotishlar mavjud. Artur, Bonuchchi, Dibala va Kuadrado kabi o‘yinchilar bugungi basni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Kyellini va Moratani ham ucrashuvda qatnashishi so‘roq ostida. Agar, Jorjio Kyellini bugungi qarama-qarshilikni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelsa, turinliklar himoyasida muammo tug‘ilishi mumkin. Himoya markazida De Ligtga sherik topilmaydi. «Verona»ga qarshi uchrashuvda ham aynan shu holat jamoa o‘yiniga ta’sir ko‘rsatdi.
"Spesiya"
«Spesiya»ning shanba kungi «Parma»ga qarshi o‘yinida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng, fevral oyida la-spesiyaliklar jadvalning pastki qismida ketayotgan jamoalardan ko‘proq ochko to‘plagan klubga aylanib oldi. Vichenso Italyano shogirdlari yanvar oyida 4ta o‘yin o‘tkazib, shularning ikkitasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, bittasida durang qayd etdi va «Fiorentina» jamoasiga qarshi kechgan bahsada esa, 3:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan ortga qaytishgan.
Dam olish kungi "Parma" bilan kechgan o‘yinda Emmanuel Gyasining ikki goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qolishdi, chunki birinchi taymning o‘zida "Spesiya" 0:2 hisobida hisobda ortda borishayotgan edi. 52 va 72 - daqiqalarda ganalik futbolchining kiritgan gollari cpesiyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Jamoaning fransiyalik futbolchisi MBala Nzola klubning A seriyadagi to‘purari hisoblanadi. Ushbu futbolchi dekabr va yanvar oyi boshlarida ancha sermahsul o‘yin namoyish etgandi. Ammo yanvar o‘rtalarida olgan jarohati sabab ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushmadi. O‘tgan turdagi "Spesiya"ning o‘yinida zaxiradan maydonga tushgan ushbu futbolchi, bugungi "Yuventus"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda oldingi o‘yinini ko‘rsatadigan bo‘lsa, turinlik futbolchilarga ancha qiyin bo‘lishi mumkin. "Yuventus" va "Spesiya" jamoalarining 1 - davrada kechgan uchrashuvida turinliklar 4:1 hisobidagi g‘alalabani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Mazkur uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etgan bo‘lsa, Morata va Rabyolar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan. "Spesiya" jamoasi tarkibidan esa Pobega bitta gol bilan javob qaytargan.
Ayni paytda lu-spesiyaliklar A ceriya turnir jadvalida 24 uchrashuvdan so‘ng, 25 ochko to‘plab, 14 - pog‘onadan joy olgan. Agar, bugungi uchrashuvda "Yuventus"dan ochko tortib olishni uddalashsa, turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.
Bugungi uchrashuv avvalidan, Vichenso Italyano jamoasining tarkibida bir nechta yo‘qotishlar mavjud. Markisso, Matiyello, Rafael va Saponara kabi o‘yinchilar maydonga tusha olmaydi.
Ehtimoliy tarkiblar
"Yuventus"(3-5-2): Shesniy, Demiral, De Ligt, Aleks Sandro, Kyeza, Bentankur, Rabyo, Remzi, Bernardeski, Kulusevski, Ronaldu
"Spesiya" (4-3-3) Provedel, Vinyali, Ardian, Erlich, Bastoni, Esteves, Leo Sena, Madjore, Gyasi, Nzola, Sapanora.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, ushbu jamolar o‘rtasidagi uchrashuv qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Chunki, "Yuventus" chempionlik oldidan ochko yo‘qotishni xohlashmasa, "Spesiya" ligada jon saqlab qolishga harakat qilmoqda. Agar, bugun la-spesiyaliklar ochko ololmasa, jadvalda xavfli zonaga yaqinlashib qolishi mumkin. Shuning uchun maksimal tarzda Turindan ochko bilan qaytishga harakat qilishadi. Qiziqarli kechishi aytilayotgan mazkur uchrashuv, Toshkent vaqti bilan tungi 00:45da boshlanadi.