Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 0-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

2021 - yildagi O‘zbek futboli tarixida 10ta super transferlar

2021 - yildagi O‘zbek futboli tarixida 10ta super transferlar

Baho:
+ | -

Yevropa da qishki transferlar vaqti tugaganiga ancha bo‘ldi. Yana bir necha kundan so‘ng o‘zbek futbolidagi transferlar mavsumi tugaydi. Shu munosabat bilan, biz sizlarga 2021 - yilda O‘zbek futboli yuz bergan super transferlar haqida hikoya qilamiz.

 

10. Aziz Turg‘unboyev

"Navbahor"dan "Paxtakor" jamoasiga.


"Paxtakor" va "Navbahor" futbol klublari o‘rtasidagi kelishuvga binoan Aziz Turg‘unboyev 2021 - yildan toshkentliklar sharafini himoya qiladi. 27 yoshli futbolchi hozirgacha Superligada 110 o‘yinda ishtirok etib, 26 gol muallifiga aylangan. "Paxtakor" va Aziz Turg‘unboyev o‘rtasida ikki yillik shartnomaga imzo chekildi. Shu tariqa endi hujumkor yarimhimoyachi 2023 - yilgacha "sherlar" safida to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, Aziz Turg‘unboyev 2019 - yilgi mavsumda ham "Navbahor"dan "Paxtakor"ga o‘tgan, ammo ushbu transfer ishlari O‘FA tomonidan surishtirilgach, "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov va "Paxtakor" sport direktori Ja’far Irismetov transfer ishlaridagi qing‘irliklar uchun O‘FA tomonidan jazoga tortilgandi.


9. Sardor Rashidov

"Qatar SK"dan "Paxtakor" jamoasiga

Tajribali yarim himoyachi Sardor Rashidov "Paxtakor" mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgani xususida xabarlar OAV vositalari orqali xabarlar tarqalgandi. Lekin futbolchi klub bilan hali shartnoma imzolamagandi. Nihoyat, hammasi hal bo‘ldi. Rashidov "sherlar" bilan shartnomaga qo‘l qo‘ygan. Shunday qilib, Sardor yana O‘zbekiston chempionatiga qaytdi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, u bunga qadar o‘zimizning birinchilikda "So‘g‘diyona", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari sharafini himoya qilgandi. "Paxtakor" esa Sardor Rashidovning O‘zbekistondagi to‘rtinchi jamoasiga aylandi. Legioner sifatida esa "Al-Jayish" (Qatar), "Al-Jazira" (BAA), "Nasonal" (Portugaliya) va "Qatar SK" (Qatar) klublarida to‘p surgan. O‘zbekiston milliy jamoasi safida 2013 yildan buyon o‘ynab kelayotgan Sardor 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.


8. Doston Hamdamov

"Paxtakor"dan BAAning "An-Nasr" jamoasiga

2020 - yilda Toshkentning "Paxtakor" klubida to‘p surgan Dostonbek Hamdamov joriy yilgi mavsumda Dubayning "An-Nasr" jamoasida to‘p suradi. Klub rasmiy sayti xabar berishicha, Dostonbek Hamdamov "Paxtakor"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Amirliklar jamoasi o‘zbekistonlik 24 yoshli hujumkor yarimhimoyachi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolangan.
Ma’lumot uchun, Dubayning "An-Nasr" klubi BAA Pro ligasi 20-turidan keyin 36 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda


7. Islom Kenjaboyev

"Nasaf"dan Janubiy Koreyaning "Cheju Yunayted" jamoasiga

Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Islom Kenjaboyev ushbu mavsum avvalida legionerga aylandi. Kenjaboyev Janubiy Koreyaning "Cheju Yunayted" klubiga ko‘chib o‘tdi. Qarshiliklar safidan Koreya klubi safiga erkin agent sifatida qo‘shilgani haqida aytilgabdi, lekin ma’lumotlarga qaraganda "Cheju Yunayted" qarshiliklarga kompensasiya uchun mablag‘ to‘lab bergan.
Ma’lumot uchun, "Cheju Yunayted" 2020 - yil K2 Ligada ishtirok etdi va birinchi o‘rinni egallab K1 Ligaga yo‘llanma oldi. 2021 - yilda "Cheju" Koreya oliy ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi. "Jeju Yunayted" 1982 yilda tashkil topgan va o‘z uy o‘yinlarini 35657 tomoshabinga mo‘ljallangan "Jeju World Cup" stadionida o‘tkazadi.

6. Sharof Muhitdinov

"Nasaf"dan "Paxtakor" jamoasiga

O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi yarim himoyachisi faoliyatini Toshkent klubida davom ettiradi. Sharof Muhitdinov qarshiliklar safidan "sherlar" safiga erkin agent maqomida qo‘shilgan. Uning "Nasaf" bilan shartnomasi 2020 yil oxirida yakuniga yetgandi.
Malumot uchun, Sharof Muhitdinov "Nasaf" akademiyasi tarbilanuvchisi hisoblanadi va futbolchi qarshiliklar tarkibida turli pozisiyalarda o‘ynagan. Aslida markaziy yarim himoyachi hisoblangan Muhitdinov bir vaqtning o‘zida ham chap qanot himoyachisi, hujumkor vinger va maydon markazida harakatlanishi mumkin.

5. Igor Sergeev

"Paxtakor"dan Qozog‘istonning "Aktobe" jamoasiga

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev 2021 - yilda Qozog‘istoninng "Aktobe" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Hujumchi 2013 yildan buyon muntazam ravishda mamlakat milliy termasiga chaqirilmoqda. O‘zbekiston termasi tarkibida 53 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan.
Igor "Paxtakor" safidan qozog‘istonliklar jamoasiga erkin agent maqomida qo‘shilgan. Sergeev "sherlar" safida 2014 - yildan beri to‘p surib kelgan va toshkentliklar safida 90ta gol urishga erishgan.
"Aktobe" futbol klubi ushbu transferdan mamnun! Hamkorligimiz samarali bo‘lishidan umidvormiz. Sergeevga chiroyli o‘yinlar, ko‘plab gollar va ulkan g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz!", - deyiladi klub xabarida.


4. Shahzod Ubaydullayev

"Metallurg"dan Belarusiyaning "Shaxtyor" jamoasiga

Joriy yilda Belarus chempioni—"Shaxtyor" futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Bekobodning "Metallurg" futbol klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullayev bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi.
Shahzod Ubaydullayev o‘tgan yili "Metallurg" tarkibida O‘zbekiston Super ligasining 26 o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgan. Bundan tashqari futbolchi 2020 - yilgi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushdi. MTJning yig‘inlariga jalb etilgan futbolchi uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Shahzod O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ilk o‘yinini Tojikiston milliy terma jamoasi qarshi o‘tkazib, bitta gol urishga ham erishgan.
"Shaxtyor" klubi o‘tgan 2020 - yil mavsumida Belarus chempionligini qo‘lga kiritib, UYEFA chempionlari ligasining saralash bosqichiga o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan.


3. Jaloliddin Masharipov

"Paxtakor"don Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasiga

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov joriy mavsumdan faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettiradi.
"Faoliyatini "Paxtakor" yoshlar tizimidan boshlab, asosiy jamoa safida 4 marta O‘zbekiston chempioni, 2 marta O‘zbekiston va bir bor Liga Kubogida zafar quchgan yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga ko‘chib o‘tdi. Jamoalar o‘rtasida transfer shartnomasi rasman imzolandi", - deyiladi xabarda.
BAAning "Shabob Al Ahli" klubi esa Saudiyaning "An-Nasr" klubidan Jaloliddin Masharipovni joriy mavsum yakunigacha ijaraga olganini e’lon qildi. Futbolchi BAAda mavsum yakuniga yetgach, Saudiya Arabistoni klubi safiga borib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Masharipov ayni paytga qadar "Paxtakor" tarkibida Superligada 141 o‘yinda 24 gol urishga erishgandi. Chempionlar Ligasida 29 bellashuvda 4, mamlakat kuboklarida 30 bahsda ishtirok etib, 5ta to‘p muallifiga aylangan.

2. Bobir Abdixoliqov

"Nasaf"dan Ukrainaning "Rux" jamoasiga

Maksim Shatskix, Vitaliy Denisov va Sanjar Tursunovdan keyin endilikda Bobir Abdixoliqov Ukraina premer ligasida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. O‘zbek legioneri garchi yangi klubiga erkin agent sifatida bepul qo‘shilgan bo‘lsa-da, jamoa tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali hamyurtimizni 900 ming yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, 2003 - yilda tashkil topgan mazkur klub o‘z uy o‘yinlarini Lvov shahridagi "Arena Lvov" stadionida o‘tkazadi. Mazkur stadion 2012 - yilgi Yevropa chempionati o‘yinlarini qabul qilgan.
"Rux" o‘tgan mavsum quyi ligada ikkinchi o‘rinni egallab o‘z tarixida ilk bor Premer-ligaga yo‘llanma olgan. Ayni paytda "Rux" 14ta o‘yindan so‘ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalining 13 - pog‘onasida bormoqda.

1. Jasurbek Yaxshiboyev

"Paxtakor"dan Polshaning "Legiya" jamoasiga

O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Yaxshiboyev 2021 - yilgi mavsumni Polsha chempionatida o‘tkazadigan bo‘ldi.
"Legiya" klubi o‘zbekistonlik 23 yoshli yarimhimoyachi bilan kelishuvga erishdi. Yaxshiboyev Polshaning 14 karra chempioni bilan 2023 - yilning 30 - iyul kuniga qadar shartnoma imzoladi. Kelishuv tomonlarning roziligi bilan yana uzaytirilishi mumkin. Yaxshiboyev "Legiya" safida 7-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalmish Jasur Yaxshiboyev O‘zbekiston milliy jamoasi safida uchta o‘yinda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Jasur Yaxshiboyev o‘tgan mavsumda Soligorskning "Shaxtyor" klubi bilan chempionlikka erishib, jamoani erkin agent sifatida tark etgandi. U Belarus chempionatida 27 o‘yinda 16ta golga mualliflik qilgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 20:55, 12.03.2021.
O'qildi: 10551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.