Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Xayrulla Hamidov maqolasi: Bir qarich ildamroq...

Xayrulla Hamidov maqolasi: Bir qarich ildamroq...

Baho:
+ | -

Bugun 20 mart. Dunyo suygan ajoyib hujumchilardan biri Fernando Torresning tavallud kuni. U 37ga kirdi.

Odam ishongisi kelmaydi, "El Ninyo" shu yoshga kirib qo‘yganiga. Axir, yaqinda emasmidi Torres o‘zi sevgan “Atletiko” libosida la ligani yondirgan bahslar, “Liverpul” va “Chelsi” libosida APLni gullatgan damlar, yana Madridga qaytib umrbod ardoqlagan muxlislari bag‘rida “ikkinchi yoshligi”ni boshdan kechirgan onlari?! Yaqinda edi. Biroq, umr o‘tib boryapti, azizlar!

Torres eng omadli va eng sovrindor hujumchi, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Uning baxti Ispaniyada tug‘ilgani, tug‘ilganida ham Raul davrida emas, “qizil furiya” uyg‘ongan davrda tug‘ilgani, faoliyatini har qanday yosh hujumchiga imkoniyat beradigan Madridning “Atletiko” jamoasida boshlagani, Angliyaga borib ham istalgan uslubga mos tushib ketavergani... bunaqa omadni topib ko‘ringchi!

Nazdimda, Torresning yulduzli oni baribir Yevro-2008 finali. Ispaniya osmonida porlab chiqqan yigit shu kecha birgina harakati bilan tarixga kirgan, birgina harakat... Uning Germaniya posbonidan bir qarich ilgariroq to‘pga yetib borishi natijasida, Ispaniya ko‘hna qit’a chempioniga aylana oldi. Tamom – shundan keyin “qizil furiya”ni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. Bir qarich ildamroq harakat qilishi natijasida tug‘ilgan maskanida yangi tarix yozdi.

Ikki yildan so‘ng jahonni zabt etgan o‘g‘lonlar navbatdagi Yevropa kubogini ham boshlari uzra ko‘tardilar. To‘g‘ri, JARdagi mundialda qahramonimiz jarohati tufayli u qadar yuksak o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lishi mumkin, lekin Ukrainadagi Yevro turnirida so‘nggi o‘yinda gol urib, tarix sahifalariga “qatorasiga ikki finalda gol urgan o‘yinchi” sifatida joylandi.

Torres zamonaviy Ispaniya futbolida yangi hujum asrini ochib bergan, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Raul paytida Raulga o‘xshab nozik harakat qiladigan avlod o‘tmish qa’riga singib ketgach, buyog‘iga ispanlar aynan shu yigit timsolida tezkor hujum uslubiga ega bo‘lishdi. Bu esa qator musobaqalarda naf berganini ko‘rdik.

El Ninyo bugungi kunda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Murabbiy bo‘lishiga tilakdosh emasdim, lekin u yaqinda "Atletiko"ning o‘rinbosarlariga ustozlik qilyapti. Nachora, Fernandoni raketa misol uchib ketayotgan hujumchi timsolida eslab qolgim kelgandi. Hujumchilardan kamdan kam sifatli murabbiylar chiqishini e’tiborga olsak, ajoyib reputasiyasini buzib ham qo‘yishi mumkin. Balki Simeone o‘ziga yaxshi voris tayyorlayotgandir.

Axir, uni Madridda, Liverpulda va Londonda birdek yaxshi ko‘rishadi. Bu qadar jamlangan muhabbat boshqa hujumchiga nasib etmagan. U baribir o‘zini ulg‘aytirgan klubni tanladi. Buning nomini sadoqat deydilar.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 15:37, 20.03.2021.
O'qildi: 4270 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.