Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Toshkent sambo bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent sambo bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Bugun, 24 mart kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan Xalqaro sambo federasiyasi ijroqo‘m yig‘ilishida ushbu qarorga kelindi.

Sambochilar uchun yilning eng muhim musobaqasi hisoblanadigan jahon chempionati O‘zbekiston poytaxtida 12-14 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Avvalroq, ushbu jahon chempionati mezboni sifatida Moskva shahri e’lon qilingandi. Biroq, Sport arbitraj sudi (CAS) qarori sabab Rossiya ikki yil davomida jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlari o‘tkazish uchun da’vogarlik qila olmaydi. Shu sababli, Xalqaro sambo federasiyasi va Rossiya sambo federasiyasi ushbu musobaqani boshqa mamlakatda o‘tkazish qaroriga kelishdi.

"Biz jahon chempionatini o‘tkazish uchun O‘zbekiston sambo assosiasiyasidan taklif oldik. Toshkentda 2025 yilgi yoshlar Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishini yodda tutgan holda, ushbu musobaqani O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatini maqsadga muvofiq deb hisoblayman", - dedi yig‘ilish davomida Xalqaro sambo federasiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov.

Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullayev esa sambo bo‘yicha jahon chempioni Toshkent uchun yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun o‘ziga xos sinov vazifasini bajarishini ta’kidlab o‘tdi.

"2025 yilda O‘zbekistonda ilk marotaba yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Shu sababli, ushbu musobaqada Osiyo Olimpiya Kengashi vakillari ham qatnashishadi. Musobaqa yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun test turnir vazifasini bajaradi".

Osiyo sambo uyushmasi rahbari shuningdek, jahon chempionatining tashkiliy qo‘mitasi musobaqa qatnashchilariga viza bilan bog‘liq masalalarda ham yordam ko‘rsatilishini aytib o‘tdi.

"Pandemiya bilan bog‘liq yuzaga kelgan qiyin vaziyat sabab, O‘zbekistonda elchixonasi yo‘q mamlakatlarga viza bilan bog‘liq ko‘mak beriladi. Ular aeroportning o‘zidayoq viza olishlari mumkin bo‘ladi. Elchixonasi bor mamlakatlar uchun esa viza berish jarayoni tezlashtiriladi. Bu musobaqa qatnashchilarining soni yanada oshishiga xizmat qiladi", - dedi Alamjon Mullayev.

Shu tariqa, Toshkent shahri bu yil sambo bo‘yicha ikki yirik musobaqaga mezbonlik qiladi: birinchisi iyun oyida Osiyo chempionati bo‘lsa, ikkinchisi noyabr oyida jahon chempionatidir.

O‘zbekiston sambo assosiasiyasi matbuot xizmati

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 06:54, 25.03.2021.
O'qildi: 2741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.