Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Rasman. Aguero yozda «Manchester Siti»ni tark etadi!

Rasman. Aguero yozda «Manchester Siti»ni tark etadi!

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero mavsum so‘ngida jamoani tark etishini e’lon qildi. Argentinalik futbolchi maxsus bayonot tarqatib, "shaharliklar" bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi. «Manchester Siti» ham ushbu xabarni tasdiqladi.

«Ma’lum davr yakunlanayotganida turlicha hissiyotlar yuzaga keladi. «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyatimdan qoniqish va faxr tuyg‘usini tuyaman. Hozirgi paytda bir jamoada o‘n yil to‘p tepish professional futbolchi uchun noodatiy holat.

10 yil davomida klub bilan birgalikda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Bu vaqt davomida men klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandim va «Man Siti» ishqibozlari bilan chambarchas aloqa o‘rnatdim. Ular mening qalbimda umrbod qoladi.

Men 2011 yilda «Siti»ga qo‘shilgandim. Klub xo‘jayinlari va ko‘pgina o‘yinchilarning xizmatlari evaziga biz jahonning buyuk jamoalari qatoridan o‘rin oldik.

Ushbu darajani saqlab turish endi boshqa o‘yinchilar zimmasiga yuklanadi. Men esa mavsum oxiriga qadar bor yanada ko‘proq sovrin yutish va ishqibozlarga quvonch ulashish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

Keyin esa faoliyatimdagi yangi bosqich boshlanadi. Men esa yangi sinovlarni to‘la professionalizm va katta ishtiyoq bilan qabul qilishga tayyorman. Eng yuqori saviyada to‘p tepishga intilaman», – deya bayonot berdi Aguero.

Serxio Aguero «Siti» safida 4 marta Angliya chempioni, 5 marta Angliya liga kubogi, 3 marta Angliya superkubogi va bir marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. U "shaharliklar" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi — 257 gol (384 o‘yinda).

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:40, 30.03.2021.
O'qildi: 2898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик