Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Hakim Fuzaylov: «Pro ligada yaqqol kuchli klub yo‘q, jamoalar kuchi deyarli teng»

Hakim Fuzaylov: «Pro ligada yaqqol kuchli klub yo‘q, jamoalar kuchi deyarli teng»

Baho:
+ | -

Pro liga 2-turi doirasidagi «Istiqlol» - «Dinamo» (1:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov Farg‘onadagi uchrashuv haqida to‘xtaldi.

«Farg‘onadagi o‘yin boshidan qiyin o‘tishini bilardik. Chunki avval ham aytgandim, Pro ligada yaqqol kuchli klub yo‘q, jamoalar kuchi deyarli teng. Sababi o‘z oldiga faqat Superligani qo‘ygan klublar tarkibi ham deyarli to‘liq yangilangan va yangi o‘yinchilar maydonda o‘zaro til topishib ketishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Butun mavsum davomidagi o‘yinlar bugungidek deyarli tengkurashlar ostida o‘tishini va qaysi klub o‘yin davomida ko‘proq mehnat qilsa o‘sha g‘alabani ilib ketishi mumkin.

Mixaylo Udod nega zaxirada qolayapti? Bu futbolchimiz kelganiga hali ko‘p bo‘lmadi va yaqinda nazorat bahsida jarohat ham oldi. U yangi muhitga moslashishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Yoshlar jamoasi safida bo‘lgan Shoxruh Abdurahmonov o‘rnini to‘ldirish uchun oldimizda variantlar bor. Bugun Abdurahmonovning o‘rnida harakat qilgan Siroj Meliyev gol urdi, o‘tgan o‘yinda Temur Hakimov o‘ynagandi, Oleg Marchuk ham bor. Shoxruh Turkiyadan qaytmoqda, u keyingi o‘yinlarda «Dinamo»ga yordam bera oladi. Abdurahmonovdan ham umidimiz katta.

Darvozabonimizning o‘yini haqida? Farhod Rahmatov hali yosh posbon, undan umidimiz katta. To‘g‘ri, hali xatolari bor, ammo u o‘z ustida ishlashda davom etmoqda. O‘z ustida tinmay ishlashda davom etsa, u kelajakda yaxshi darvozabonga aylanishi mumkin.

Tarkibdagi rotasiya? Albatta, ikki o‘yinda g‘alaba qozonganimizga qaramay, tarkibda o‘zgarishlar qilishda davom etamiz. Keyingi o‘yinlarda ham kim yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rsa o‘sha maydonga tushadi. Bizda yaxshi darvozabonlar bilan birga himoyachi, yarimhimoyachi va hujumchilar bor. Ulardan foydalanamiz.

Tojikistonlik o‘yinlarni Samarqandda ko‘rishimiz mumkinmi? To‘g‘ri, siz aytgandek O‘zbekiston chempionatida Ehsoni Panjshanbe singari tojikistonlik yaxshi o‘yinchilar to‘p surishmoqda. Ehson o‘zimni qo‘l ostimda ham Tojikiston milliy jamoasida to‘p surgan. U yaxshi o‘yinchi. Agar moliyaviy imkoniyatimiz yetsa, keyinchalik tojikistonlik o‘yinchilar ham tarkibda bo‘lishlari mumkin. Hozirgi holatimizda ularni taklif etishimiz qiyin, ammo kelajakda balki yaxshi o‘yinchi bo‘lsa chaqirishimiz mumkin bo‘lar», - deydi «Dinamo» bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» 6 ochko bilan Pro ligada peshqadamlik qilmoqda.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:21, 31.03.2021.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.