Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Saloh Misr termasining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarildi

Saloh Misr termasining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh o‘z terma jamoasiga Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichining 6-turida Komorga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishda yordam berdi (4:0). 28 yoshli hujumchi mazkur uchrashuvda dubl qayd etdi.

Goal.com xabariga ko‘ra ushbu uchrashuvdagi ikkinchi gol Muhammad Salohning terma jamoadagi 43-goli bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Hasan El-SHazlidan (42) oldinda o‘tib ikkinchi o‘rinni egalladi. Misr jamoasining eng yaxshi to‘purari hamon Husam G‘asan bo‘lib, uning hisobida 68 ta gol bor.

Ma’lumot uchun, Saloh 2011 yildan beri Misr terma jamoasiga chaqirilmoqda. Hujumchi 2017 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib keladi va bungacha u «Roma», «Fiorentina», «Chelsi» va «Bazel» safida o‘ynagan.

Olti turda 12 ochko to‘plagan Misr terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi saralashining G guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Komor orollari esa peshqadamdan uch ochko orqada qolgan hoda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Mazkur kvartetda shuningdek, Keniya (7) va Togo (2) terma jamoalari ham bor.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:13, 31.03.2021.
O'qildi: 5820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик