Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Azim Ahmedov: “Terma jamoaga chaqirilish - sharaf”

Azim Ahmedov: “Terma jamoaga chaqirilish - sharaf”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi 22-30 mart oralig‘iga belgilangan FIFA kunlari doirasida birinchi o‘rtoqlik o‘yinini Namanganda Gana termasiga qarshi o‘tkazdi. Chiroyli muhit ostida kechgan bahsda hamyurtlarimiz g‘alabani tantana qilishdi. Biz mazkur o‘yin yakunlangach, uzoq tanaffusdan so‘ng yana milliy jamoa libosida maydonga tushgan «Navbahor» sardori Azim Ahmedovni suhbatga tortdik.

- Azim, mana, ma’lum tanaffusdan keyin yana milliy jamoa safida maydonga tushdingiz. Taassurotlar qanday?

- Ajoyib, albatta. Har qanday futbolchi uchun mamlakat bosh jamoadan chaqiruv olish - sharaf. Xudo xohlasa, ishonchni oqlashga harakat qilaman.

- Gana termasiga qarshi kechgan o‘yin yuzasidan umumiy fikringiz...

- Betakror muhit, ajoyib o‘yin. Ayniqsa, stadion tribunalarida yuzaga kelgan manzara yigitlarni maydonda katta ishtiyoq bilan to‘p surishga undadi. Namanganlik muxlislar yurtimizda tengsiz ekanliklarini yana bir karra isbotlashdi. Fursatdan foydalanib, terma jamoa a’zolari nomidan ularga minnatdorchilik bildiraman.

- Markaziy himoyada to‘p tepayotganingiz borasida ko‘p savollar berildi. Ehtimol, pozisiyangizning o‘zgargani ham milliy jamoadan chaqiruv olishingizga zamin yaratgandir.

- Balki shundaydir. Bilasizmi, oldin ham himoyada o‘ynaganman. Ehtimol, murabbiylar orqa chiziqdagi  harakatlarimga qarab, yana terma jamoaga chaqirishgandir. Ochig‘i, murabbiylarning qaroriga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ular qaysi chiziqqa qo‘yishsa, o‘sha joyda o‘ynashga tayyorman. Muhimi, jamoaga nafim tegsa, bas.

- Terma jamoa sardori, akangiz Odil Ahmedov ma’lum sabablar tufayli bu safar yig‘inga chaqirilmadi. Turli mish-mishlarga qaraganda, Odil ikkinchi davradan «Navbahor»da o‘ynashi mumkin ekan. Bu kabi gap-so‘zlarga oydinlik kirita olasizmi?

- Ha, akam bu safar terma jamoa yig‘inida qatnasholmadi. Afsus, shunday bo‘lib qoldi. Uning «Navbahor»ga kelishi haqida gapirsam, shunday niyati yo‘q emas. Lekin o‘tish joriy yil amalga oshadimi yoki keyinroq - buni vaqt ko‘rsatadi.

- Igor Golbanning terma jamoaga chaqirilmagani sizni hayron qoldirmadimi?

- To‘g‘risi, uni chaqirishlarini kutgandim. Umid qilamanki, ke­yingi yig‘inlarda Golban bilan birga ishtirok etamiz.

- Endi «Navbahor» haqida: ayrim muxlislar va tashqi kuchlarning klub ichki muhitiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgani haqida eshitdik. Jamoa sardori sifatida bu masalada nima deya olasiz?

- Ishoning, «Navbahor»da ichki muhit a’lo darajada! Barcha bir-biri bilan kelishib, tushunib oldi. Hammasi zo‘r!

- «Navbahor» o‘z uyida «So‘g‘diyona» va «Nasaf»ga qarshi uchrashuvlarda qimmatli ochkolarni yo‘qotdi, lekin safarda «Lokomotiv»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoaning jonkuyar muxlislari qarshisida g‘alaba qozonishiga nima xalaqit berdi?

- O‘z maydonimizdagi uchrashuvlarda biroz omad yetishmadi, menimcha. Har holda, ikki uchrashuvda ham yetarlicha vaziyatlar yaratdik, oldinga intildik, ammo samara chiqarishda omadimiz kelmadi. Oqibatda muhim ochkolarni boy berdik, endi kelasi o‘yinlarni buning o‘rnini tezda qoplashimiz shart.

- Superliganing 3ta turi ort­da qoldi, dastlabki taassurotlar...

- Ko‘ryapmizki, chempionatimizda teng kuchli jamoalar ko‘paygan. Shuning ortidan har bir uchrashuv murakkab tus olmoqda. Asosiysi, yaxshi o‘yinlar soni oshmoqda. Menimcha, muxlislar mavsum yakuniga qadar shunday shiddatli va murosasiz uchrashuvlardan bahra olishadi.

XURSHIDBEK suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 01.04.2021.
O'qildi: 3076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик