Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

"Barsa" "Real"ga necha yil davomida yutqazmagan? Tarixdagi eng yirik hisobni bilasizmi? Yoxud "El-Klasiko" haqida qiziqarli ma’lumotlar

"Barsa" "Real"ga necha yil davomida yutqazmagan? Tarixdagi eng yirik hisobni bilasizmi? Yoxud "El-Klasiko" haqida qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+ | -

"El-klasiko" - bu futbolda natijani oldindan aytib bo‘lmaydigan ajoyib to‘qnashuv. Aynan "Barsa" va "Real" o‘rtasidagi o‘yin kuni futbol olami ikki qismga bo‘lingan: bir tomon ko‘k-anor rangga bo‘yansa, ikkinchi tomon oppoq rangga burkanadi. "El-klasiko" 119 yillik juda boy tarixga ega. Shuning uchun ham 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv arafasida ikkita eng buyuk klub o‘rtasidagi bu ajoyib to‘qnashuv haqida juda qiziq faktlarni taqdim etamiz.

Qarama-qarshilik statistikasi

"El-klasiko" uchrashuvlari tarixi davomida 245ta rasmiy o‘yin o‘tkazilgan. Madrid va Kataloniya shahrining ikki yetakchi jamoasi o‘rtasidagi uchrashuvlarning umumiy statistika quyidagicha: ushbu qarama-qarshiliklarning 96 martasida "Barselona" o‘z hisobiga g‘alaba yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, "Real" 97 marta muvaffaqiyat qozongan. 52 o‘yinda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati bo‘yicha "qaymoqranglilar" 408ta gol bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, kataloniyaliklar 400 gol bilan raqibini ta’qib etmoqda.

Birinchi o‘yin

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 1902 yilda bo‘lib o‘tgan. Ushbu o‘yin Ispaniya qiroli Alfons XIII taxtiga o‘tirish sharafiga tashkil qilingan. Uchrashuv Madridning qirollik klubi maqomiga qaramay, Kataloniya klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Tarixdagi eng samarali o‘yin

“El-Klasiko” tarixidagi eng yirik g‘alaba — 11:1 hisobi. 1943-yilning iyun oyida “Real” Ispaniya Kubogi yarim finalining javob bahsida shunday hisob qayd etgan holda “Barselona”dan ustun kelgandi. Qizig‘i, birinchi bahsda “Barselona” 3:0 hisobda g‘alabaga erishgan.

Eng uzun mag‘lubiyatsiz ceriya

Klasiko tarixidagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya “Barselona”ga tegishli. 1917-yilning noyabridan 1928-yilning iyuniga qadar katalonlar ketma-ket 13 ta o‘yinda “Real”ga yutqazmagan. “Qaymoqranglilar”ning esa bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkichi 10 ta o‘yinga teng (1931-yil yanvaridan 1935-yilning fevraliga qadar).

Qarama-qarshilik tarixidagi eng yaxshi to‘purar

"El-Klassiko" tarixidagi eng yaxshi to‘purar - Lionel Messi 26 ta gol bilan. Ajablanarlisi shundaki, argentinalik "Real"ga qarshi so‘nggi 7 uchrashuvdan beri gol ura olmay kelmoqda.
Ro‘yxat quyidagicha davom etadi:
Alfredo Di Stefano va Krishtianu Ronaldu ("Real") - 18 ta gol;
Raul Gonsales ("Real") - 15 ta gol;
Sezar Rodrigez ("Barselona"), Fransisko Gento va Ferens Pushkash ("Real") - 14 ta gol.

"Kamp Nou" - qal’a

"Real” 1984—2003-yillar mobaynida “Kamp Nou”da birorta g‘alabaga erisha olmagan. “Real” o‘zining eng yaxshi holatida bo‘ladimi yoki “Barselona” eng yomon formadami, farqi yo‘q. 19 yil mobaynida Barselonada qo‘lga kiritilgan bir ochko “Real” uchun yaxshi natija hisoblangan. Bu seriyaga 2003-yilning 7-dekabrida “Galaktikos” tomonidan nuqta qo'yildi. O‘shanda Roberto Karlos va Ronaldoning goliga Patrik Klyuyvert yagona kiritilagn to‘p bilan javob qaytargandi.

39 "xoin"

Hozir gap ikkala klubda ham o‘ynagan futbolchilar haqida ketmoqda. Ularning 23 nafari "Barselona"ni "Real"ga, 16 nafari "Real"ni "Barsa"ga almashtirib yuborgan. Bu ro‘yxatdagi eng taniqli futbolchilar Nibbler Ronaldu, Mixael Laudrup, Samuyel Et'O, George Xadji, Xavyer Saviola, Luis Enrike. Ammo eng shov-shuvli bunday o‘tish, albatta, Luis Figuning transferidir. Portugaliyalik futbolchi matbuot anjumanida "Barselona"ga sodiq ekanligimni va hech qayerga ketmasligimni va’da qildi. Ertasi kuniga esa u allaqachon "Real" tibbiy komissiyasidan o‘tayotgan edi. Ajablanarli ...

Boshqa qiziqarli ma’lumotlar

1948-yilning yanvaridan 1954-yilning noyabriga qadar “El-Klasiko” o‘yinlarida murosa yo‘li tanlanmagan. Jamoalar ketma-ket 18 ta uchrashuvda g‘olib nomini aniq qilgan va bu rekord hisoblanadi.

***

2011 yil 16-apreldan 2013 yil 2-martgacha bo‘lgan davrda jamoalar o‘zaro 16 martadan ko‘proq o‘ynashgan. Grandlar chempionat, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida o‘zaro to‘qnash kelishdi. Bu holat tarixda hech qachon bo‘lmagan edi.
Shuningdek, 2011 yil 16 apreldan 3 maygacha bo‘lgan vaqtni ta’kidlashingiz mumkin, faqat 18 kun ichida jamoalar o‘zaro 4 marta uchrashishgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:07, 10.04.2021.
O'qildi: 20609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.