Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

“SHo‘rtan”ning muvafaqqiyatsizliklariga kim sababchi?

“SHo‘rtan”ning muvafaqqiyatsizliklariga kim sababchi?

Baho:
+ | -

Bir vaqtlar milliy chempionatimiz yuqori divizionida ham o‘ziga yarasha nomga ega bo‘lgan G‘uzorning “Sho‘rtan” klubida hozir vaziyat juda achinarli. Klub moliyaviy inqiroz va shuning oqibatida kelib chiqqan cheklovlar tufayli Pro ligada ham munosib ishtirok etishga qiynalmoqda. Ammo, O‘zPFL rahbarlari klub taqdiriga befarq emas va tashkilot direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegram kanalida “Sho‘rtan” haqida quyidagicha post joyladi.

“Sho‘rtan" futbol klubi ortda qolgan to‘rt turning 2 tasida yirik mag‘lubiyatlar qabul qilib oldi.

Boisi, FIFA taqiqi sabab Sho‘rtan yil avvalida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmadi. Shuningdek, borlarini saqlab qolishning ham imkoni bo‘lmadi. O‘z-o‘zidan "Sho‘rtan" deyarli malakaga ega bo‘lmagan futbolchilar bilan o‘ynashga majbur.

Hammasiga sabab o‘sha Vitaliy Varivonchik va Igor Kriushenko bilan ishlangan yillar. Klubning bugungi rahbariyati mana shu ishga chek qo‘yishiga oz qoldi. Bu borada biz "Sho‘rtan"ga qo‘limizdan kelganicha yordam beramiz.

Oldinda ko‘plab qarzdor klublarimizni shu taqdir kutadi va biz bu ishni FIFA yordamisiz amalga oshiramiz. Klublar yangi futbolchilarga millionlar taklif qilishdan avval o‘z akademiyalarini shakllantirishni o‘ylashlari shart bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa o‘zaro oldi-berdilar vaqtida bajarilishi lozim. Hozir klublarimizning deyarli yarmi bir-biriga qarzdor. O‘sha kungi postda aytganimizdek, aka-ukalar tayyor pulni otalaridan olib ham yana bir-birlariga qarz bo‘lib qolishgan” – dedi Imomxo‘jayev.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:15, 13.04.2021.
O'qildi: 2594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик