Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Tottenxem" futbolchilari Mourinyo bilan qay holda xayrlashganini bilasizmi?

"Tottenxem" futbolchilari Mourinyo bilan qay holda xayrlashganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Kecha "Tottenxem" murabbiyi Joze Mourinyo yangi tashkil qilingan UYEFA Superligasi nomli musobaqa tashkil qilingani va unga "shporlar" ham qo‘shilgani uchun klub murabbiyligidan ketishga qaror qildi. Londonliklar rahbariyati ham uning xohishini hurmat qilgan holda, jamoa murabbiyligidan ketishiga qarshilik qilmadi. Garchi, portugaliyalik mutaxasis "Tottenxem" bilan biror bir musobaqada g‘olib qozonmagan bo‘lsa-da, London jamoasi futbolchilari Mourinyodan juda minnatdor bo‘lishdi. "Shporlar"ning bir qancha futbolchilari o‘z Instagram sahifasi orqali murabbiyga rahmat aytdi va keyingi faoliyatiga omad tilashdi. Hozir esa biz sizlarga ushbu tilaklarning eng saralarini taqdim etamiz.

Son Xin Min: "Hozir qanday holatdaligimni tasvirlash uchun biron bir so‘zim yo‘q, men siz bilan ishlashdan har doim mamnun edim. Ko‘p ishlarimiz amalga oshmay qolganidan afsusdaman va siz bilan birga faoliyat olib borganimdan va o‘tkazgan vaqtimiz uchun chin dildan minnatdorman. Keyingi faoliyatingizga omad va eng yaxshi tilaklarimni tilayman."


Harri Keyn: " Hamma narsaga rahmat, Boss. Birgalikda ishlash juda yoqimli bo‘lgan. Sizga keyingi hayotingizda faqat xursandchilik va eng yaxshi tilaklarimni tilayman."

 

Xeybyerg: " Kattakon rahmat janob. Siz bilan ishlash doimo yoqimli bo‘lgan. Keyingi faoliyatingizga omad tilayman."

 

Ben Devis: "Joze Mourinyo bilan ishlash men uchun sharaf. Sizga faqat yaxshiliklar tilayman"


Deyn Skarlett: "Meni birinchi marta jamoaga taklif qilganingiz va menga "Tottenxem"dagi debyutimni amalga oshirishimda ishonch berganingiz uchun rahmat. Men sizdan doimo minnatdor bo‘laman. Hamma narsa uchun rahmat. Kelajakdagi ishlaringizga omad tilayman."

 

Yafet Tanganga: "Rahmat, xo‘jayin, menga ishonganingiz va menga imkoniyat berganingiz uchun. Sizdan har doim minnatdorman."

Marsel LavinYE: "Menga o‘rgatganingiz uchun kattakon tashakkur. Sizning keyingi ishingizda eng yaxshi tilaklaringizni tilab qolaman. Bular men uchun haqiqiy ta’lim bo‘ldi."


Malakay Uolkot: "Mening orzumni ro‘yobga chiqargan Joze Mourinoga katta rahmat aytmoqchiman. Menga ishonganingiz va debyutimni amalga oshirishimda ishonch berganingizdan minnatdorman. Kelajakda siz va keyingi jamoangizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman"

 

Lukas Moura: "Morinyoga ushbu to‘liq o‘rganish, kasbiy va shaxsiy o‘sish davri uchun tashakkur aytaman. Sizdan va murabbiylar shtabingizdan juda minnatdorman. Siz bilan ishlash men uchun  sharaf bo‘lgan va buni tasvirlashga so‘zim yo‘q. XUDO sizni keyingi faoliyatingizga hayrli qilsin."


Serxio Regilon: " Rahmat janob, keyingi faoliyatingizga ulkan zafarlar tilayman"

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 01:25, 21.04.2021.
O'qildi: 19734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.