Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Rasman. Yevropa superligasi to‘xtatildi

Rasman. Yevropa superligasi to‘xtatildi

Baho:
+ | -

Angliya klublari Yevropa superligasidan chiqib ketganidan so‘ng tashkilot matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

«Evropa superligasi qit’adagi futbolni o‘zgartirish kelganiga ishonch hosil qildi.

Hozirgi tizim ishlamayotgani uchun yangi turnir tashkil qilishni taklif qilamiz. Bizning taklifimiz mazkur sport turining rivojlanishiga qaratilgan edi. Bunda pandemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan futbol piramidasining rivojlanishiga barqarorlik bermoqchi edik. Shu bilan birga futbol guruhlarining daromadi oshgan bo‘lardi.

Angliya klublari bosim ostida Superligani tark etgan bo‘lsa-da, bizning taklifimiz qonunlarga, Yevropa normalariga to‘la mos kelardi. Buni sud qarori ham isbotladi.

Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda loyihani qayta tashkil qilish uchun kerakli choralarni ko‘ramiz. Biz o‘z maqsadimizdan voz kechmaymiz. Chunki, maqsadimiz muxlislarga yaxshi tajriba va futbol jamoatchiligiga katta daromad taqdim etishdan iborat», – deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, qit’aning 12ta top-klubi — «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Tottenxem», «Barselona», «Real», «Atletiko», «Yuventus», «Inter» va «Milan» yangi Superligani tashkil etish haqida bayonot berishgan edi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:34, 21.04.2021.
O'qildi: 9585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик