Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ravshan Ermatov MOQning hududiy vakillari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Ravshan Ermatov MOQning hududiy vakillari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov Qo‘mitaning hududiy vakillari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda «Sportni sev, sport bilan yasha!» Respublika ommaviy musobaqasining tashkiliy jarayonlari, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimizning ijtimoiy vaziyatini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilish ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida Ravshan Ermatov dastavval barcha hududlar kesimida «Sportni sev, sport bilan yasha!» musobaqasining aprel oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tingladi. Unda ko‘rsatkichi past bo‘lgan viloyat mutasaddilariga ogohlantirish e’lon qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida ko‘rsatmalar berildi. Kun tartibiga muvofiq, ushbu mavzu muhokamasidan so‘ng viloyatlarda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarning ijtimoiy holati, oilalaridan qanchalik xabar olib turilayotgani bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganildi.

“Olimpiada juda yaqin. Sport tilida aytganda finish to‘g‘ri chizig‘idamiz. Sportchilarimiz mashg‘uloti davomida uyida qandaydir muammosi borligini o‘ylamasligi lozim. Biz atletlarimizning yordamchisimiz. Har bir sportchilarimizning oilasiga borib, ularning sharoitlarini o‘rganishimiz Prezidentimiz joriy etgan mahallabay tizimiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, «Sportni sev, sport bilan yasha!» musobaqasi orqali yurtimiz aholisining sport bilan shug‘ullanish ko‘rsatkichini yanada oshirishimiz lozim”, – dedi Ravshan Ermatov.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 18:30, 22.04.2021.
O'qildi: 1588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик