Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Timur Kapadze: «Kelajak uchun poydevorni shu yoshlar bilan quramiz»

Timur Kapadze: «Kelajak uchun poydevorni shu yoshlar bilan quramiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Olimpik” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qatnashib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

"Albatta, birinchi navbatda, “Navbahor”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman, jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

Kuchli raqibga qarshi o‘ynaganda, kamchiliklarni ko‘rib olish mumkin. Bugun futbolchilarimiz ancha yaxshi to‘p surishdi. Superliga jamoasiga qarshi bahsda yigitlarimiz yomon to‘p tepishmadi. Bunday o‘yinlar futbolchilarimizga ham, o‘zimga ham tajriba vazifasini o‘taydi.

Oldimda katta vazifa turibdi, Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyiman. Kelajak uchun poydevorni shu yoshlar bilan quramiz. Hozirgi vazifam shu yoshlarni yanada rivojlantirish, kuchaytirish, bundan barcha klublarimiz va terma jamoalarimiz yutadi. Hozir o‘zimning tanlagan yo‘lim bor, Xudo xohlasa, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchimiz. Boshqa jamoalarda ham termamiz vakillari o‘ynashmoqda. Termaga nomzodlar qancha ko‘p bo‘lsa, bundan jamoamiz yutadi, albatta. Shu bois, klublardan turli takliflar bo‘lishiga qaramay, bunga e’tibor qaratmayapman. Chunki maqsadim mutlaqo boshqa.

Fevral oyigacha futbolchilarni kuzatdim, jamoasiz yigitlarni “Olimpik” tarkibiga taklif qildik. Uch oy o‘tdi, futbolchilar ancha o‘sishdi. Superligadan ham o‘yinchilarimizga takliflar bor. Bundan xursand bo‘laman, ularning oliy divizionda to‘p tepishlaridan mamnun bo‘lishim aniq.

Uch oy mobaynida futbolchilarning fe’l-atvoridan boshlab, boshqa jihatlarigacha ancha xabardor bo‘ldim. Ularning kamchiliklarini aniqlab, bu borada ishlayapmiz, ovqatlanish jarayoni, professionallik borasida alohida ishlayapmiz. Taomnomalarni ham zarur tartiblar asosida tuzib chiqyapmiz. Rahbariyat bizga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Albatta, olimpiya termasi futbolchilarining bir tarkibda bo‘lishlari men uchun qulay. Lekin ayrim o‘yinchilarning Superliga jamoalarida o‘ynashayotgani ham biz uchun foydali. Birinchi davradan keyin jamoasida o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotganlarni yana tarkibga jalb qilishimiz mumkin", — dedi Kapadze.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 04:23, 01.05.2021.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик