Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» va «Atletiko»ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

«Yuventus» va «Atletiko»ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hamda «Atletiko»ning sobiq futbolchisi 38 yoshli Ruben Olivera professional faoliyatiga yakun yasashi haqida e’lon qildi.

"Boshqa futbol o‘ynamayman. Bu mening qarorim emas. Uch hafta oldin menga yuragim bilan muammo borligi haqida tashxis qo‘yishdi. Faoliyatimni tugatishni istamagan bo‘lardim. Chunki bu sportga xohishim baland. Shuning uchun murabbiylik ishini boshlayman", — dedi Olivera.

Urugvaylik futbolchining oxirgi jamoasi "Apiriliya Rasing" hisonlanadi. U 2018-2019 yillarda ishbu klubda o‘ynagan. Olivera faoliyati davomida «Yuventus», «Atletiko», «Sampdoriya», «Jenoa», «Fiorentina» va boshqa klublarda to‘p surgan. 2001-2005 yillar mobaynida esa Urugvay milliy terma jamoasiga chaqirilgan.

Manba: Football Italia
Kiritildi: 14:54, 08.05.2021.
O'qildi: 2695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик