Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Olimpik» sardori: «Pro liga joriy yilda ancha o‘sishga erishdi»

«Olimpik» sardori: «Pro liga joriy yilda ancha o‘sishga erishdi»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum Pro ligada debyut qilayotgan "Olimpik" klubi qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini qozona oldi. Jamoa qayd etayotgan natijalar va namoyish qilayotgan o‘yin ham ko‘pchilikka manzur kelyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu borada jamoa sardori Behzod Shamsiyev ham so‘zlarimizga qo‘shilgan holda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Beshta tur ortda qoldi. Shundan kelib chiqib Pro liga bahslari haqida nima deya olasiz?
— Pro liga joriy yilda ancha o‘sishga erishdi, deb o‘ylayman. Oldinga siljish kuzatildi. Kubok bahslariga ham e’tibor bergan bo‘lsangiz Pro liga jamoalari Superliga klublariga yaxshigina boshog‘riq bo‘la oldi. 9ta jamoaning har biri elitaga chiqishga harakat qiladi. Har bir o‘yinga maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rish kerak. Chunki jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin.

— «Olimpik» jamoasiga kelish tarixi qanday bo‘lgan?
— Bu jamoaga kelishimga asosiy sababchilardan biri Timur aka Kapadze hisoblanadi. «Paxtakor»ga ham shunchalik tarbiyalagani uchun rahmat aytaman. Jamoada men to‘p tepadigan pozisiyada raqobat kuchli edi. Menga esa o‘yin amaliyoti kerak bo‘lgani uchun «Olimpik»ga o‘tishga rozi bo‘ldim. Klubda sharoitlar juda yaxshi. Men bilgan murabbiylar faoliyat olib bormoqda.

— Pro ligada «Olimpik» uchun asosiy raqobatchi jamoalar kimlar?
— Asosiy raqobatchi jamoalar «Buxoro», «Neftchi» va «Dinamo»ni ayta olaman. Ularning darajasi Superliga klublaridan qolishmaydi. Tarkibida tajribali futbolchilar yig‘ilgan. Ularning orasiga «Xorazm»ni ham qo‘shishim mumkin.

— Jamoada ichki muhit qanday?
— Hammasi yaxshi. Murabbiylar va futbolchilar orasida munosabat a’lo darajada. Qiyin vaziyatlarda bir-birimizga yordam beryapmiz. Mashg‘ulotlar quvnoq kayfiyatda o‘tadi.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 10:11, 09.05.2021.
O'qildi: 1753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.