Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Real»da Ramos erasi tugadimi?

«Real»da Ramos erasi tugadimi?

Baho:
+ | -

Oxirgi payt "Real Madrid" sardori Serxio Ramos ko‘p jarohat olayotganiga e’tibor qaratgandirsiz. Ha, futbolda bo‘lib turadi. Ammo Ramos La Liganing eng jismonan baquvvat va barqaror futbolchilaridan biri edi. Nima o‘zgardi? Menimcha, bu ketishga ishora. Faqat bu emas. Yana ancha narsa bor.

Peresning intervyusi. Superliga mashmashasi paytda "Real" prezidenti intervyu bergandi. Serxioni juda yaxshi ko‘rishi, biroq hozirgi sharoitda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Alabaning kelishi. Hozir Madridda 4 ta markaziy himoyachi bor. Ramos, Varan, Militao, Nacho. Ikkitasi asosiyda o‘ynashini inobatga olsak, bir top klub uchun yetarli. Unda Alaba nega kelmoqda? Chunki "Real"ni kimdir tark etishi kerak.

Moddiy qiyinchiliklar. Serxio Ramos oyligi pasayishiga qarshi. U chekinadiganlardan emas. Klub uchun ko‘p ish qilgan va shunga yarashasini talab qilyapti. Pandemiya esa Peresning rejalariga va cho‘ntagiga ta’sir qildi. Pul aralashganda Florentino afsona-pafsonaga qarab o‘tirmaydi. Kasilyas, Raul, Ronaldu bo‘lmaysanmi, farqi yo‘q.

Bugun Ramos instagramda yoppasiga "PSJ" futbolchilariga obuna bo‘lganmish. Yana "PSJ". Qaysidir yulduz injiqlik qilsa "PSJ"ga o‘tadi deyiladi.

Bilgan, kuzatgan sabablarimni sanab o‘tdim. O‘zimning fikrimcha, Serxioni ketkazish adolatdan emas. U bilan "Madrid" tarixidagi eng muvaffaqiyatli era bog‘liq. Bu era ikki buyuk davrni bog‘lab turadi. U bilan hamma hisoblashgan, har qaysi yulduz futbolchi, murabbiy va hatto prezident. Qaridimi? Yo‘q. U hamon yuqori darajasini namoyish eta oladi. Jarohatlar injiqlikdir. Klub u tomonga yursa, u klub uchun jonini berishga tayyor. Yaxshi himoyachi topilar, Ramos kabi lider tarbiyalash uchun yillar kerak. Florentino, hali ham kech emas.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 00:30, 10.05.2021.
O'qildi: 5377 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик