Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

“Arsenal” grand jamoa darajasidan tushdimi?

“Arsenal” grand jamoa darajasidan tushdimi?

Baho:
+ | -

Arteta muammolarning bir qismidir, ammo u klubda qoladi (Kronkening passivligi tufayli)
"Arsenal" qanchalik yomon edi?
Bu savolga javob berishning ikkita yondashuvi mavjud. Birinchisi, "Arsenal"ni favorit, "Vilyarreal"ni esa autsayder deya ko‘rsatish.

Nima uchun biz "Arsenal" ni eng yaxshi klub deb hisoblashimiz kerak?

Bir necha yillardan buyon, o‘yin darajasi bo‘yicha ham, natijalar bo‘yicha ham, "Arsenal" yuqori darajada o‘yin ko‘rsatmay qo‘ygan. Chempionat darajasidagi klub rahbariyati doimiy ravishda muxlislar qarg‘ishiga uchrab kelgan. Boshqa hech narsa qolmadi. Haqiqat nuqtai nazaridan londonliklar o‘rta darajadagi (raqib muxlislari nazarida emas) klubga aylanib bo‘lishdi.
"Arsenal"ga kelsak, natijalar va o‘yin uslubi shunchaki vaziyatni yetarli darajada tavsiflaydi. Jamoa Unai Emeri boshchiligida ushbu maqomga tushib qoldi va Mikel Arteta qo‘l ostida davom etmoqda. Murabbiylarning qimmat tarkib potensialining kamida yarmini ochib bera olmasligi muammoning bir qismidir. Muammolarning butun majmuasi – bu o‘yin bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida hikoya.

Shu sababli, ikkinchi yondashuv (mening fikrimcha, eng to‘g‘ri yo‘l) mavjud - yarim finaldagi qarama-qarshilikni teng jamoalarning to‘qnashuvi sifatida izohlash.
Ushbu gollar taktik ustunliklari tufayli emas, balki standart vaziyatlar orqali kiritildi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Ispan klubi finalga yo‘l oldi.
Emeri shogirdlari birinchi o‘yindagi ikkita golni birinchi taym avvalida urishgandi. Bu"Arsenal"ni ancha ehtiyotkor o‘ynashga majbur qilgandi.
Ikkinchi o‘yinning ikkinchi taym o‘rtalarida 20 daqiqa davomida "Vilyarreal" to‘pni nazorat qilishni boshladi (65%) va himoyaga yotgan holda emas, maydon markazida o‘yinni shunday o‘ldirdi. Obameyangning ikkita zarbasi darvoza to‘sininga tegdi, Rob Xolding zarbalariga biroz aniqlik yetishmadi, Pepe birinsi o‘yindagidek muvaffaqqiyatli o‘yin ko‘rsatmadi. Arteta Lyakazettni ancha kech (80’ daqiqa) maydonga tushirdi. Barchasi jamoaning muvaffaqqiyatsizligiga qarab ketayotgandi. Yakunda ham shunday bo‘ldi.

Artetani iste’foga chiqarish kerakmi?

Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish orqali Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish Artetaning o‘zini to‘liq himoya qilish uchun so‘nggi imkoniyati edi, shunda uning ishi munosib deb topilishi mumkin edi (ayniqsa, mavsumning ikkinchi qismida erishilgan g‘alabalar sababli). Ushbu imkoniyat qo‘ldan boy berildi, shuning uchun Mikelning eng qaltis pozisiyasi haqida gaplashadigan vaqt keldi.
Mening fikrimcha, murabbiylar to‘rt toifaga bo‘linadi: Afsonaga aylanadigan, saqlab qolinadigan, o‘rni almashtiriladigan va haydab yuboriladigan.
So‘nggi yillarda "Arsenal" ikki marotaba "haydash zarurati" yoqasiga keldi. Emeri faoliyatining so‘ngida va Arteta bilan 2020 yil dekabrida. Mikel jamoani ishontira oladi deb o‘ylovchilar topildi, ammo mavsumning ushbu bosqichida uni ishdan bo‘shatish oddiy holat sifatida qabul qiliniar edi va umuman tortishuvlarga sabab bo‘lmasdi.

Endi Artetani o‘zgartirishadi yoki haydashadi(Kronke). Arsen Vengerning o‘rni bilinyapti, ammo mavsum boshiga qaraganda jamoa o‘sishga erishganini aytib o‘tish kerak.
"Tarkib o‘zgarishlarga muhtoj. Dekabr oyida shunday o‘zgarishlar bo‘lgandi. Ammo bu jarayon yanada ko‘prog‘ini talab qilmoqda. Shuningdek, loyihalarni klub egalari ham qo‘llamoqda.
Biz rivojlanish jarayonidamiz. O‘tgan bir necha oylar davomida mehnat qilib, kelajak uchun poydevor qurib oldik. Asosiysi - mehnatdan charchamayapmiz", - dedi Arteta.

Burilish nuqtasi - 26 dekabr kuni "Chelsi" ga qarshi o‘yin.

Arteta yangi taktikani sinab ko‘rdi (4-2-3-1) va Bukayo Saka hamda Emil Smit Rouga ko‘proq ishonishni boshladi. Bu haqiqatan ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘shandan beri "Arsenal"da barcha narsada yaxshilandi - ochkolar, gol urish, o‘tkazib yuborish, darvozaga zarbalar berish, raqib jarima maydonchasidagi o‘yin va hk. O‘sha daqiqadan boshlab natijalarga ko‘ra, "Arsenal" 6-o‘rinda, 3-o‘rindagi jamoa bilan ikki ochkolik farq. Biroq bu murabbiy uchun kursisining kafolati emas.
Ya’ni, "Arsenal" muammolarining murakkabligini inobatga olmaslik kerak. Arteta faqat jamoani boshqargan eng past nuqtaga nisbatan rivojlantirdi, ammo uning ixtiyoridagi futbolchilardan maksimal foydalana olmayapti. Bu o‘yin bilan “Arsenal”ni qutqarib qolish imkonsiz.

Klub zaif boshqaruv qarorlari girdobida qolmoqda, bu esa har qanday murabbiyning ishlashini qiyinlashtiradi.
Transfer siyosati qoniqarsiz darajada ishlaydi. Obameyangdan so‘ng katta futbolchilar harid qilinmadi. Aksariyati erkin agent va jamoasida o‘yin amaliyotisiz qolgan futbolchilardir.
Yetakchilarning mas’uliyatni his qilmasliklari ham jamoaga ta’sir o‘tkazyapti. Obameyang yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng avvalgidek gollar urmay qo‘ydi. Hozir “Arsenal” aksincha, gabonlik futbolchi maydonda bo‘lmagan paytlada yaxshiroq harakat qilyapti.
Umuman olganda, "Arsenal" qimmat, ammo o‘ta muvozanatsiz tarkibga ega va qobiliyatsiz boshqaruv vazifani muntazam ravishda murakkablashtirmoqda. Yangi mavsumda “Kanonirlar” yevrokuboklarda ishtirok etmasligi allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan. Mana shu omilning o‘zi jamoa o‘rtamiyonalar qatoriga tushganligini anglatadi.
Arteta keyingi mavsum uchun murabbiy sifatida ishlasa hayron bo‘lmasldi kerak. Superliga barbod bo‘lgani sababli Kronkedan hamma narsani kutish mumkin.
Arteta futbolchilarning ishonchini yo‘qotgan ko‘rsatkichlar yo‘q. Shuning uchun, agar u g‘ayrioddiy narsa yuz bermasa, yana bir imkoniyatga ega bo‘ladi.
Emerining "Vilyarreal"i olamshumul o‘yin ko‘rsatmadi. Lekin, kerakli natijaga erisha oldi.
• Emeri ajoib murabbiy;
• Emeri "Arsenal" uchun ajoyib murabbiy bo‘lmagan;
• "Vilyarreal" dagi muvaffaqiyatlari uning "Arsenal" dagi muvaffaqiyatsizliklarini qayta yozolmaydi.
Yarim finalda “to‘pchilar”ni mag‘lub etish qasos emas, lekin Ispan mutaxassisi nimadir isbotlashga harakat qildi va isbotladi ham. Yodingizda bo‘lsa londonliklar YEL finaliga chiqqan paytda murabbiy Unai Emeri edi.
U yangi jamoasini hal qiluvchi bahsga qadar boshlab kela oldi. Umuman olganda 3 jamoa bilan umumiy 5 marta finalga chiqqan birinchi mutahassis aynan Emeri.
U top klublarda muvaffaqqiyatli ishlay olmaydi va faqatgina ispan tilida ravon gapira oladi. Angliyada ham Fransiyada ham tarjimonlar yordamiga muhtoj bo‘lgan. Uning jamoalari himoyaviy futbol ko‘rsatadi. Top murabbiyga aylanishi uchun himoyaviy futbolni singdira olishni o‘zlashtirishi kerak.

Ammo Emeri himoyaviy murabbiy emas, balki qiziqarli yechimlarga ega “top-pragmatist”. U shunchaki o‘rinli bo‘lgan taqdirdagina ehtiyotkorlik bilan o‘ynaydi, ammo buni futbolchilar bilishi va qabul qilishi ham muhim. "Vilyarreal" bu mavsumda juda moslashuvchan - qarshi hujumdagi tanaffuslarni ham, aqlli pozision futbolni ham namoyish etdi.
Har qanday rejimda taktik intizom mavjud edi. Bu Unai futbolining asosi. Emeri futbolchilarga ko‘plab videofilmlarni qo‘yib berar ekan.
«Qiziqish asta-sekin paydo bo‘ladi. Undan keyin jamoa birdamligi va o‘zaro hurmat kuzatiladi. Asta-sekin, futbolchilar mendan ko‘proq video, qo‘shimcha tushuntirishlar so‘rashni boshlaydilar - bu murabbiy bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa. Dastlab aytaylik, to‘rttasi bunday so‘rovlar bilan chiqadi; ularga dars berganimdan keyin yana 14 kishi keladi, keyin ularga qolganlar qo‘shiladi”, - deb tushuntiradi Unai o‘zi.
Emerining uslubi pozision futbol haqidagi an’anaviy g‘oyalardan farq qiladi - markazda ustunlik yaratmasdan, qanot kombinasiyalariga yo‘naltirilgan.
"Arsenal" Arsen Venger davridagi navbatchi o‘rniga (4-o‘rin) yaqinlashish uchun 3 mavsumdan beri harakat qilyapti, biroq natijalar yomonlashib ketyapti.
Biroq Emeri o‘z joyiga qaytdi. Uning o‘tmishdagi sharmandali natijalarini inkor etmaymiz, ammo baribir yaxshi murabbiy ekanligini isbotlay oldi. Finalda senga omad tilaymiz, Unai!

Kiritildi: 23:47, 10.05.2021.
O'qildi: 2737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.