Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Rasman: "Manchester Siti" futbolchisi Ispaniya fuqaroligini qabul qildi

Rasman: "Manchester Siti" futbolchisi Ispaniya fuqaroligini qabul qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport rasman Ispaniya terma jamoasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

26 yoshli o‘yinchining mahalliylashtirilishi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi. Emerik Ispaniya fuqaroligiga ega bo‘ldi va hujjatlar bugun rasmiylashtirildi.

Futbolchi Fransiyada tavallud topgan, lekin uning ildizi basklarga borib taqaladi. Lyaport professional faoliyatini "Atletik Bilbao"da boshlagan va 2018 yilning yanvarida 57 mln funt evaziga "Manchester Siti"ga borib qo‘shilgan.

Lyaport Fransiyaning asosiy terma jamoasida birorta o‘yinda maydonga tushmagan, lekin yoshlar jamoasida maydonnga tushgan. Shunga qaramay, FIFA unga futbol fuqaroligini o‘zgartirishga ruxsat berdi.

Bir necha hafta oldin, Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis Enrike mamlakat Futbol Federasiyasiga Lyaportning mahalliylashtirilishi masalasida imkon bor yoki yo‘qligini o‘rganishini so‘ragandi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda "Manchester Siti"ning 27 o‘yinida harakat qildi.

Manba: Marca
Kiritildi: 14:05, 12.05.2021.
O'qildi: 4714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик