Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Yevropa ligasi. Final «Vilyarreal» - «Manchester Yunayted» (prevyu)

Yevropa ligasi. Final «Vilyarreal» - «Manchester Yunayted» (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ispaniyaning «Vilyarreal» va Angliyaning “Manchester Yunayted” klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Polshaning Gdansk shahrida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

«Vilyarreal»

“Sariq suvosti kemasi” mavsumni La ligada 7-pog‘onada yakunladi. Klub bu orqali Yevropa ligasining navbatdagi mavsumi uchun yo‘llanmani naqd qilib qo‘ydi. Ammo jamoa Yevropa ligasi finalida g‘alaba qozonsa, Yevropa chempionlar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.

«Vilyarreal» finalgacha ancha mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. "Dinamo Kiyev" hamda "Dinamo Zagreb" klublarini qiynalmasdan yenga oldi. Chorak finalda to‘qnash kelgan Zagrebning «Dinamo»si, undan oldingi bosqichda «Tottenhem»ni ajoyib kambek evaziga mag‘lub eta olganini barchamiz ko‘rgan edik. Yarim finalda kuchli raqib, «Arsenal»ni musobaqa bilan xayrlashishga majbur etdi. Unai Emeri o‘zining sobiq jamoasini ayab o‘tirmadi. Yuqoridagi raqiblarni yengib, finalning haqli qatnashchisiga aylandi.

Jamoaning finalgacha yo‘li:

1/16 final: «Zalsburg» (umum. 4:1)

1/8 final: "Dinamo Kiyev" (umum. 4:0)

1/4 final: "Dinamo Zagreb" (umum. 3:1)

1/2 final" «Arsenal» (umum. 2:1)

“Manchester Yunayted”

Mankunianliklar Angliya premyer-ligasini 2-pog‘onada yakunlashdi. Tabiiyki, chempionlar ligasi uchun yo‘llanma bilan muammo yo‘q. Ammo oldindagi maqsad – yana bir titulni qo‘lga kiritish. Dunyodagi eng katta muxlislar auditoriyasiga ega bo‘lgan klublardan biri, sovrin qo‘lga kiritish borasida ancha oqsagan. Ular so‘ngi bor, bundan roppa-rosa 4 yil oldin, aynan Yevropa ligasi kubogini boshi uzra baland ko‘targan edilar. O‘z ichki chempionatida ro‘shnolik ko‘rmayotgan "qizil iblislar" finalda sovrin yutib, muxlislariga quvonch ulashmoqchi. «Man. Yunayted» ham finalga qadar birmuncha jiddiy raqiblar sinovidan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Italiya grandlari, «Milan» va «Roma»ga qarshi bahslar shular jumlasidandir. Klub Chempionlar ligasi guruhida uchinchi o‘rinni band etib, Yevropa ligasida yurishini davom ettirdi va bu yerda pley-offdan bahslarga kirishdi.

Jamoaning finalgacha yo‘li:

1/16 final: "Real Sosyedad" (umum. 4:0)

1/8 final: «Milan» (umum. 2:1)

1/4 final: «Granada» (umum. 4:0)

1/2 final «Roma» (umum. 8:5)

Eslatib o‘tamiz, ushbu final bahsini tungi 00:00 dan boshlab, UzReport TV kanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi. Bahsni Davron Fayziyev va Orif Tolipov sharhlab borishadi.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:49, 26.05.2021.
O'qildi: 3517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик