Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Uch sherlar haqida ikki og‘iz gap va bir qator faktlar

Uch sherlar haqida ikki og‘iz gap va bir qator faktlar

Baho:
+ | -

Bugun YEVRO-2020 ishtirokchilari orasidan Angliya terma jamoasi haqida qisqacha ma’lumot va fikrlarimni e’lon qilaman.

2019 yil mart oyida saralash turnirida ishtirokini boshlagan Garet Sautgeyt shogirdlari “A” guruhida Chexiya, Kosovo, Bolgariya va Montenegro (Chernogoriya) terma jamoalariga qarshi o‘yinashi lozim edi. Tabiiyki – inglizlar favorit. Amalda 8 o‘yinda 7 ta g‘alaba qilgan bu jamoa g‘alabali har bir o‘yinda kamida 4 marotaba (!) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Dahshat ko‘rsatkich. Albatta bu raqiblarning darajasidan kelib chiqayotgan tafovut edi. Ammo shunday bo‘lsada bu siklda Keyn va uning jamoadoshlarini to‘xtatish amri mahol edi. Lekin to‘xtatishni uddalagan bir terma jamoa bor – Chexiya. Birgina mag‘lubiyat chexlardan qabul qilib olingan.

Futbol paydo bo‘libdi-ki, angliyaliklar har qaysi xalqaro katta turnirga g‘oliblik uchun asosiy nomzodlar qatorida boradi, menimcha. Biroq aksar holda kutilmalar o‘zini keskin oqlamaydi. Hozircha ular Yevropa chempioni bo‘lishmagan. Eng yaxshi ko‘rsatikich 1996 yildagi yarimfinal. 1966 yilda mundialda qozonilgan g‘alaba esa futbol vatani terma jamoasi uchun tarixdagi eng yorqin nuqta bo‘lib qolmoqda. Ammo Sautgeyt terma jamoani o‘zgartirgani aytilmoqda. Bu 2018 yil Rossiyadagi o‘yinlardayoq sezilgan edi. Klassik inglizcha uzun uzatmalar va qanotdan jarima maydoniga yo‘naltirmalar orasiga markazdagi faollik bilan kuchaytirilgan. Hozir tarkibda juda kuchli raqobat mavjud. Quyidagi suratdan ham ko‘rishingiz mumkin murabbiy tanlovlarda qiynaladi. Buni saralashda ham ko‘rdik. Aniq 11 futbolchisi borligini men sezmadim.



“Muammolar” darvozadan boshlanadi. Kim birinchi Din Xendersonmi yoki Jordan Pikford. Himoyada esa eng katta zichlik kuzatilmoqda. Darvoqe, bu Sautgeytga juda elastik mudofaani taqdim etadi. Masalan, mumtoz 4 himoyachi varianti zamonamizda urfda bo‘lgan 3+2 ko‘rinishiga oson o‘tishi mumkin. Maguayr, Stounz, Mings, Chilvell, Shou, TripYE, Jeyms – bularning barchasi yakuniga yetgan klublar o‘rtasidagi mavsum o‘ta yuqorida darajada o‘tkazishdi. Maunt, Rays, Henderson, Sancho, Foden va Grilish va boshqalar – hujumga moyil yarim himoya. Deklan Rays bo‘lak qadrli futbolchi. U jamoaning “axill tovoni” deb baholanayotgan tayanchda nuqtasida as qotishi lozim.

Hujum haqida alohida to‘xtalishga hojat bormikan – Harri Keyn. Agar siz u faqat “Tottenhem”da shunday “eplab bo‘lmas” mavsum o‘tkazdi deb o‘ylasangiz adashasiz. Harri saralashda ham porlagan. Termaning jami 37 golidan 12 ta uning hisobida bo‘lsa, 5 ta golga assist ham bergan. Reshford, Sterling va Kalvert-Lyuin — bonus.

YEVRO-2020dagi “D” guruhida vaziyat o‘yinlar boshlanmasdanoq chigal. So‘nggi JCH finalchisi Xorvatiya (aynan Angliyani yengib finalga chiqqan), Chexiya (yuqorida eslab o‘tdik) va siyosiy-prinsipial Shotlandiya.

Osonmi? Menimcha – aslo yo‘q!
Qiziqmi? Menimcha – xuddi shunday!
Ko‘ramizmi? Menimcha – albatta!
Qayerda – UzReport TV/Futbol TV

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 06:00, 06.06.2021.
O'qildi: 3087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.