Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda - Shtutgart
27/11 22:45 Shturm - Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako - Benfika
28/11 01:00 Aston Villa - Yuventus
28/11 01:00 Bolonya - Lill
28/11 01:00 Seltik - Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb - Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul - Real Madrid
28/11 01:00 PSV - Shaxtyor

Ronalduning ko‘z yoshlari. Yohud Yevro-2016 finalining dramasi

Ronalduning ko‘z yoshlari. Yohud Yevro-2016 finalining dramasi

Baho:
+ | -

Besh yil oldin, Krishtianu Chempionlar Ligasida «Real» bilan ikkinchi g‘alabasidan so‘ng darhol Yevropa chempionatiga yo‘l oldi.
CHL finalida yana «Atletiko» tor-mor etildi va bundan ikki yil avvalgidan kam bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 2014 yilda Madridliklar yakuniy hushtak chalishidan bir necha soniya oldin mag‘lubiyatdan qochib qutulishgan edi.

Portugaliyaning Fransiya bo‘lgan Yevropa chempionatidagi startidan unchalik kuchli emasdek tyuldi: Krish Vengriya bilan uchrashuvigacha na gol urdi va na pas berdi. Ammo, vengriyaliklarga qarshi bahsda Ronaldu birdaniga dubl qayd etdi va Nanining goliga ham asisstentlik qildi. Fernandu Santush jamoasi guruh bosqichida umuman g‘alaba qozonmay, pley-offga chiqqan tarixdagi birinchi jamoa bo‘ldi. Shuningdek, portugallar uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishgandi.


Finalgacha bo‘lgan yo‘l juda ham azobli bo‘lgan: Xorvatiyani qo‘shimcha vaqtda, Polsha ustidan penaltilar seriyasida ustun kelishgan. Va Uels bilan yarimfinal bahsida Krishtianu jamoani yana sudrab ketdi: uch daqiqa ichida o‘zi gol urdi va Naniga gol urishga yordam berdi.

12 yil o‘tib, Ronaldu 2004 yilda buzilgan tushiga yaqinlashdi.

- Final kuni men bir fikr bilan uyg‘ondi: «Bugun o‘zgacha kun, chunki biz Yevro finalini - Parijda fransuzlarga qarshi o‘ynayapmiz», - deb eslaydi Krish. «Shu kuni sakkiz soat uxladim. Meni bir narsa bezovta qildi deb ayta olmayman. 31 yoshimda ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lganimni angladim. Ehtimol, bu oxirgisi. O‘sha kuni nafaqat men uchun, balki mening oila-a’zolarim uchun ham tarixiy kun edi. Final kuni oilam bilan ko‘p gaplashdim, lekin mehmonxonada o‘ta xotirjam edim. Sardor va eng tajribali futbolchilardan biri sifatida, g‘alaba qozonishimiz mumkinligiga ishontirish uchun men buni sheriklarimga yetkazishga harakat qildim».

Final uchrashuvining birinchi taymi o‘rtalarida Krishtianuning vazminligi, kayfiyati va konsentrasiyasi yo‘qolib qoldi. Chunki, Payetning qo‘pol qoidabuzarligidan so‘ng shok, keyin esa Ronalduning oyog‘ida kuchli og‘riq paydo bo‘ldi. Dimitrini muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilishni boshlagan paytda, Ronaldu yirtilgan bog‘ichga e’tibor bermaslikka harakat qildi: tizzasidan muolajalarni qabul qildi va maydonga qaytib keldi, ammo, oqsoqlanib, yana yiqildi. U o‘sha paytda hammasi tugaganligini tushunib, maysazorga musht tushirdi.

- Bu oddiy bitta jang edi: men to‘pni qaytarib oldim. Va agar bir vaqtning o‘zida Ronalduni jarohatlagan bo‘lsam, bu qasddan emas edi, - deb muxlislarni ishontirishga harakat qildi Payet.

Krishtianuni zambilda ko‘z yoshlari bilan olib ketishdi.

«Tizzam menga hech qanday imkoniyat qoldirmadi», deydi Krish. «Avvaliga men buni oddiy ko‘karish deb o‘yladim, ammo og‘riq juda kuchli edi. Natijada, tizza egilishni to‘xtatdi va oyog‘im qotib qoldi».

Kiyinish xonasida Ronaldu shifokorga murojaat qildi: «Bu katta tanaffusmi? Ko‘p vaqt maydonga qayta olmaymanmi?» Shifokor esa ataylab hammasi yaxshi deb yolg‘on gapirdi, ammo Krish yig‘lashda davom etdi. «Televizor orqali o‘yin translyasiyasi meni chalg‘itgandagina tinchlandim» deydi keyinchalik portugal.

Krishtianu tanaffus paytida har bir futbolchiga ta’sir ko‘rsatadigan, turtki beruvchi nutq so‘zladi. «U: «Yigitlar, biz g‘alaba qozonishimizga aminman. Bardam bo‘linglar, maydonga chiqinglar va jang qilinglar», - deydi Ronalduning jamoadoshi Sedrik Suares.

Ikkinchi bo‘limda Ronaldu jarohatni butunlay unutib qo‘ydi va yechinish xonasida juda asabiy holda uchrashuvni tomosha qildi. Qo‘shimcha vaqtda u bunga chiday olmadi va zaxira o‘rindig‘iga qaytib, u yerda Santush bilan birgalikda jamoani boshqarar, vaqti-vaqti bilan tizzadagi bog‘langan tasmasini tuzatardi.

«Endi yolg‘iz qolishim mumkin emas edi, bunga chidab bo‘lmas edi», - deb tushuntirdi Krishtianu. «Men xotirjam tura olaman deb o‘yladim, ammo bu yechinish xonasida o‘tirishdan ham qiyinroq bo‘lib chiqdi. Men ikkinchi murabbiy sifatida yigitlarni qo‘llab-quvvatladim. Yigitlar meni hurmat qilgani uchun, bu yordam berishiga amin edim.»

Ederning golidan so‘ng Ronaldu yana ko‘z yoshlarini to‘kdi, ammo bu baxt ko‘zyoshlari edi.

- Men o‘zimni tuta olmadim. Asablar, hissiyotlar - hamma narsa aralashib ketdi va to‘kildi. Murabbiyga nima deganimni ham eslolmayman. Ammo zaxiradan maydonga tushishdan oldin Ederga qanday gapirganimni eslayman: sen g‘alaba golini urasan. Men sehrgar yoki folbin emasman, lekin o‘sha payt buni his qilganman.

Maydonda Kubok bilan siltab o‘tirgandan so‘ng, Krish o‘ziga keldi va yechinish xonasida tarixiy nutqini so‘zladi.

«Men bu yerda turgan bir kishiga minnatdorchilik bildirmoqchiman», o‘sha paytda Ronaldu Santushga ishora qildi. «Birinchidan, murabbiysiz bularning barchasi sodir bo‘lmasdi. Ikkinchidan, men barcha futbolchilarga, xodimlarga - g‘alabada ishtirok etganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Portugaliyaga hech kim ishonmadi, ammo biz bunga erishdik. Har birimiz!».
Men allaqachon uch-to‘rt marta yig‘lab olganman. Akam tinchlanishimni so‘radi, men unga javob berdim: «Ha, ha, lekin buni qila olmayman. Men chin yurakdan aytaman, nihoyatda baxtliman. Buni yuz marta takrorlashga tayyorman! Bu juda kam bo‘lgan kubok. Har biringiz uchun rahmat: futbolchilar va yana bir bor sizga, boss. Barcha tibbiyot xodimlariga, xavfsizlik xodimlariga, Xoakin, Rikardo, Migelga, mening akamga rahmat ... Men baxtliman!».

 

Ingliz tilidan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi

Kiritildi: 22:04, 15.06.2021.
O'qildi: 4186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.