Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, PSJ yarimhimoyachisi Kays Ruis-Atil faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi Kataloniya klubiga erkin agent sifatida o‘tishi kutilyapti.
O‘tgan mavsumda 18 yoshli yarimhimoyachi PSJ asosiy tarkibida yettita o‘yin o‘tkazdi. U avval «Barselona» akademiyasida ham o‘ynagan.