Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Shirer Sautgeyt haqida: «Futbolda ham hayotda ham o‘rnak olsa arziydigan inson»

Shirer Sautgeyt haqida: «Futbolda ham hayotda ham o‘rnak olsa arziydigan inson»

Baho:
+ | -

Alan Shirer Garet Sautgeyt va Angliya haqida fikr bildirdi.

Mashhur «Nyukasl Yunayted»ning sobiq hujumchisi Alan Shirer Angliya terma jamoasining tarixdagi o‘yinlari va murabbiyi Sautgeyt haqida gapirdi. Angliya Germaniyani mag‘lub etgandan so‘ng u quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

«Evro 96da Germaniyaga qarshi o‘yinda Sautgeyt penaltidan foydalana olmagan va Angliya mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan edi. Men bunda Garetni hech qachon ayblamaganman. Shuningdek, o‘sha muvaffaqiyatsizlikda uni o‘rni katta deb ham aytmagan bo‘lardim. Bunda butun jamoani aybi bor edi, meni ham.

Yarim finalda o‘ynaganimiz uchun balki hammada hayajon bo‘lgandir. Lekin barchasini ekstra bo‘limlarda hal qilish imkonimiz bor edi. Biz bundan foydalana olmagandik. Penaltilar seriyasida esa hamma adashishi mumkin. O‘sha xatoni Sautgeyt qilgandi. Ammo kecha Germaniyani mag‘lub etib, o‘z aybini qaysidir ma’noda yuva oldi. Men Ukrainani ham yuta olishimizga ishonaman».

Sautgeyt 25 yil oldin yo‘l qo‘ygan xatosini yuva oldi va hozirda Ukrainaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U ham Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Men 96 yilda Angliya safida edim. Men tarixiy faktni o‘zgartira olmayman. Ha, men o‘sha penaltidan foydalana olmay, jamoamga pand bergandim. Bu narsa abadiy men bilan yashaydi.
Lekin men bugun boshqarayotgan jamoa va undagi yigitlar salohiyati juda yuqori, men ularni yangi tarix yoza olishlariga mutlaqo ishonaman. Kechagi o‘yinda ular buni namoyish eta olishdi».

Shirer o‘z so‘zida davom etar ekan Sautgeytning o‘tmishdagi faoliyati va shaxsiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi: «Men terma jamoadagi faoliyatim davomida ko‘plab buyuk insonlar bilan to‘p surdim. Ular juda ko‘p. Lekin himoyachilar orasida Garet ajralib turardi. 96 yilgi chempionatda yarim finalgacha juda oson yetib kelgandik. Kuchli to‘rttalikka kirishimizda Soutgeytni ham beqiyos o‘rni bo‘lgan, albatta.

U eng murakkab paytlarda o‘zini yordamga taklif qila oladigan futbolchi edi. Menga futbol va hayot bitta narsani o‘rgatdi: yaxshi narsalarni qadrlash uchun siz yomonlik ko‘rishingiz kerak bo‘larkan. O‘sha ondagi penaltini bajara olmay balki, Soutgeyt yiqilgandi. Lekin asosiysi tura oldi va yo‘lda davom etdi. Mana hozir isbotlamoqda, o‘zining haqiqiy qiymatini. Futbolda ham hayotda ham o‘rnak olsa arziydigan xos harakterga ega inson».

Kiritildi: 09:38, 02.07.2021.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.