Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 18:00 Polsha - Niderlandiya
16/06 20:00 So‘g‘diyona 1-0 Nasaf
16/06 20:00 Paxtakor 0-0 Navbahor
16/06 21:00 Sloveniya 1-1 Daniya
16/06 23:59 Serbiya - Angliya
17/06 18:00 Ruminiya - Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik - OKMK
17/06 21:00 Belgiya - Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya - Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

Yevropaning top jamoalariga o‘tishi kutilayotgan futbolchilar

Yevropaning top jamoalariga o‘tishi kutilayotgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Uzoq vaqt davomida futbol klublari yosh futbolchilarni tarbiyalashga mo‘ljallangan bolalar va o‘smirlar akademiyalarini tashkil qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, so‘nggi yillarda, o‘z tarbiyalanuvchisi orqali jamoani kuchaytirishga, hamda kuchli chempionatlarga sotish orqali daromad qilayotgan klublar ko‘payib bormoqda.

Dunyo futbol maktablarida yetishib chiqayotgan va yaqin kunlarda TOP-5 chempionatlariga o‘tishi kutilayotgan, yosh va umidli beshta iqtidor egasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

5. Yari VERSAREN

Yoshi: 19
Klubi: "Anderlext"
Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi
Millati: belgiyalik

2001-yilda tug‘ilgan Yari Versaren - uslubi jihatidan germaniyalik Yulian Drakslerga o‘xshab ketadi. Hujumni sevadigan bu futbolchi qisqa vaqt ichida, "Anderlext" jamoasi asosiy tarkibida tusha boshladi. Hozirgacha jamoasi safida 53 marta maydonga tushib, 6 marta darvozabonni ojiz qoldirishga erishgan. Yari tezlik jihatdan unchalik maqtana olmaydi, lekin u boshqa fazilatlarga ega o‘yinchi. Birinchidan, Versaren to‘pni boshqarishda o‘zini juda erkin tutadi, maydonga tez moslasha oladi. U universal o‘yinchi, turli qanotlarga o‘tib, sheriklariga yordam beradi, to‘pni yashirishda tanasini mukammal foydalanish qobiliyatiga ham ega. Ikkinchidan, Versaren ikki oyog‘idan aniq zarba bera oladi. Bu sifat uning ko‘pgina futbolchilardam ustunligidan dalolat beradi.

4. Tiago ALMADA

Yoshi: 19
Klubi: "Veles Sarsfild"
Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi
Millati: argentinalik

Yarim himoyada, hujumchi ortida, istalgan pozisiyada o‘ynash qobiliyati, maydondagi qat’iyatlilik, argentinalik Almadani ko‘plar Karlos Tevesga o‘xshatishadi , ba’zida uni Diyego Maradonaga qiyoslaydiganlar ham topilib qoladi. Tiago atigi 19 yoshda, u shu yoshigacha 60 ta o‘yin o‘tkazib, 15ta gol urgan va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirib ulgurgan. "Yuventus", "Manchester Siti" va Londonning "Arsenal" klublari allaqachon Tiago bilan aloqaga chiqib ulgurishgan, ammo argentinalik futbolchi umuman boshqa jamoada o‘ynamoqchi. Almada bergan intervyusida argentinalik mutaxassis Marselo Byelsa bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqchi ekanligini tan oldi. Demak, Tiago yaqin kunlarda "Lids" jamoasi tarkibiga qo‘shilib qolsa ham ajablanmaymiz.

3. Gabriel VERON

Yoshi: 18
Klubi: "Palmeyras"
Pozisiyasi: O‘ng qanot yarim himoyachisi
Millati: braziliyalik

Ha, to‘g‘ri topdingiz. Bu yosh yigitning ismi "Inter", "Lasio", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va Argentina terma jamoasidagi o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan afsonaviy argentinalik Xuan Sebastyan Veronga atab qo‘yilgan. Gabriyel "Palmeyras" jamoasining asosiy tarkib futbolchisi. Uning kuchli tomonlari juda ko‘p: golni his qilish qobiliyati, tezlik va yakunlash. 2019 yilda Veron U-17 Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida qatnashib, 7 ta o‘yinda 3 marta gol urishga erishgan. Chempionatning eng yaxshi futbolchisiga berildigan "Oltin to‘p" sovrinini ham qo‘lga kiritdi. Mutaxassislarning fikricha, Veron yaqin kunlarda Angliya chempionatida paydo bo‘lishi mumkin ekan. Agar, bu ish amalga oshsa, bu uning faoliyati davomidagi eng muvaffaqiyatli ish bo‘ladi.

2. Muhammad IXATTEREN

Yoshi: 18
Klubi: PSV
Pozisiyasi: o‘ng qanot yarim himoyachisi
Millati: niderland

"Men o‘zim haqimda gapirishni yoqtirmayman, lekin, menimcha, menda o‘ziga xos qobiliyat bor", — deb tan oldi Ixxateren bir intervyusida.

Niderlandiya futbol federasiyasi vakillari bu yosh futbolchini Marokash uchun emas, balki Niderlandiya terma jamoasida o‘ynashga taklif qilishdi. Muhammad endigina 18 yoshga to‘ldi. Uning ajoyib tezligi, shuningdek, maydonga tez moslashuvchanlik qobiliyati bor. U bo‘yi jihatdan va chap oyog‘i orqali zarba yo‘llashi orqali vatandoshi Hakim Ziyeshni eslatadi. Ixatteren ham Ziyesh kabi ajoyib texnikaga ega futbolchi. Agar siz uning o‘yinini ko‘rsangiz, nega ko‘plab Yevropa klublari unga erisholmayotganiga osongina tushunishingiz mumkin.

1. Rayan GRAVENBERX

Yoshi: 18
Klubi: "Ayaks"
Pozisiyasi: markaziy yarim himoyachi
Millati: niderland

Rayan himoya zonasida, yarim himoyaning markazida va hujumchi ortida o‘ynay oladigan baland bo‘yli yarim himoyachi hisoblanadi. Joriy mavsumda "Ayaks" safida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushib, 3 ta gol urishga ham erishgan. Niderlandiyalik futbolchi allaqachon Yevropaning ko‘pgina grand jamoalari e’tiboriga tushgan. Yaqin kelajakda top-5 chempionatlarining birida paydo bo‘lish ehtimoli juda yuqori. Yarim himoyachilar odatda hujum boshlab berish, yaxshi pas berish va birga-bir vaziyatlarda yutib chiqish qobiliyatiga ega bo‘lishadi. Gravenberxda shu xislatlarning barchasi bor deyish mumkin. Uning o‘yinini tomosha qilsangiz, xuddi tajribali futbolchilar kabi o‘yin ko‘rsatadi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, maydon markazida ishonchli harakat qiladi va jamoani boshqara oladi. Ishoning, siz yaqin kunlarda Rayanni Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan birida ko‘rasiz.

Kiritildi: 23:15, 05.07.2021.
O'qildi: 6682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.