Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Surxon" sport direktori klubdagi o‘zgarishlar va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi

"Surxon" sport direktori klubdagi o‘zgarishlar va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Kecha Termizning "Surxon" klubida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan klub murabbiyi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan bo‘lsa, Abdumajid Toirov jamoaning sport direktori lavozimiga tayinlandi. 

Bugun Abdumajid Toirov klub matbuot xizmatiga "Surxon" matbuot xizmatiga intervyu berdi. Mutaxassis klubdagi o‘zgarishlar va kelajakdagi rejalar haqidagi fikrlari o‘rtoqlashdi. 

- Superliganing dastlabki turlarini yaxshi o‘tkazgan "Surxon" jamoasi afsuski birinchi davra yakunida natijalari qoniqarsiz ko‘rinish ola boshladi. Aytingchi, bu nima bilan bog‘liq?

Superliga bahslari boshlanganiga salkam 4 oydan oshiqroq vaqt o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida "Surxon" jamoasi 12 ta Superliga o‘yinlarida va 3 bora kubok bahslarida maydonga tushdi. Mening o‘ylashimcha 15 ta o‘yin 4 oy uchun ko‘p emas. Yigitlar bemalol harakat qilishlari kerak deb o‘ylayman. Jamoaning qoniqarsiz natijalariga jaroxatlar va sog‘lom raqobat yetishmayotganidan deb o‘ylayman. Tarkibda raqobat yo‘q. Futbolchilar zaxira o‘rindig‘ida uning o‘rnini bosa oladigan boshqa futbolchi yo‘qligini bilishayapti va oqibatda maydonda erkin harakat qilmoqda. Shuning uchun har bir chiziqda raqobat bo‘lishi kerak deb o‘ylayman. Hozircha jamoada bu raqobatni ko‘rmadim.

- Kecha Rifat Akramxo‘jayev bosh murabbiylikdan ozod etildi. Jamoani endi kim boshqaradi?

To‘g‘ri, Rifat Akramxo‘jayev jamoani tark etdi. Yangi bosh murabbiyni rahbariyat bilan kelishgan holda yaqin bir hafta ichida e’lon qilamiz. Hozircha jamoani Rustam Aripov va Bahrom Xaydarovlar tayyorlab turishadi.

- "Surxon" jamoasida ish boshlaganizga salkam 20 kun bo‘ldi. Klubda nimalarni o‘zgartirish kerak?

Menimcha klubda katta o‘zgarish qilish shart emas. Ishchilarni ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish kerak. Har bir ishchi o‘z ishini sidqi dildan bajarishi kerak deb o‘ylayman. Keyin U-18 va U-21 jamolariga e’tibor qaratishimiz kerak. Yaqinda U-14 va U-16 chempionati start oladi. Ulardagi yoshlarni ham diqqat bilan kuzatishimiz kerak. Axir, ular "Surxon" jamoasining kelajagi hisoblanadi. Yoshlar jamoasidan futbolchi yetishib chiqmas ekan, bizning qilayotgan harakatlarimiz bekor. Shunday ekan, ularga ko‘proq e’tibor qilamiz.

- Bugundan O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochildi. Jamoa yangi futbolchilarni taklif qiladimi yoki shu futbolchilar bilan mavsumni davom etirradimi? Jamoadagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot bersangiz?

O‘zingiz ko‘rib turganingizdek jamoaga yangi tajribali futbolchilarni taklif qilmasak bo‘lmaydi. Murabbiylar va rahbariyat bilan kelishgan holda bir qator futbolchilarimiz jumladan, Eldor Boymatov, Javoxir Esonkulov, Ibrohim Yo‘ldoshev va Akrom Xodjayevlar bilan o‘zaro kelishgan holda, ularni boshqa klubga o‘tishiga ruhsat beramiz. Ularning o‘rnini esa boshqa futbolchilar bilan to‘ldirmoqchimiz.

- Agar sir bo‘lmasa aynan kimlar bilan muzokoralar olib borilmoqda?

Bir qator futbolchilar bilan deyarli kelishishga erishdik. Misol uchun, Farg‘onaning "Neftchi" jamoasidan hujumchi Abdul Aziz Yusupovni taklif qildik. Bu futbolchi klub uchun begona emas. U 2019 yilgi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Bekobodning "Metallurg" jamoasidagi Nikita Pavlenko va Mahmud Qudratullayevlarni jamoamizga taklif qilganmiz. Bundan tashqari Pro liga ishtirokchisi "Olimpik" jamoasidan Diyor Ramozonovni ham taklif qilganmiz. Rossiya yoshlar terma jamoasi a’zosi Xabibullayev bilan ham muzokoralar davom etmoqda. U ham jamoamizga kelib qo‘shilishga yaqin. "Lokomotiv" va "Navbahor" jamoasidagi bir qator tajribali futbolchilar bilan ham muzokoralar davom etmoqda. "Surxon" jamoasidan "Olimpik" jamoasiga ijaraga berilgan Shaxzod Toirovni ham klubga qaytarmoqchimiz.

- Projektor muammosi sabab jamoa Toshkentda uy uchrashuvlarini o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Projektor muammosi sabab o‘yinlarni Termizda o‘tkaza olmayabmiz. Bu yili jamoa endi ko‘proq Termizda isteqomat qilib, tayyorgarlik ko‘ra boshlaganda bu muammo sabab yana futbolchilar Toshkentda mashg‘ulotlar o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Albatta bu ko‘p sonli "Surxon" jamoasi muhlislari dilini hira qilmoqda. Sizga aytishim mumkinki, Viloyat hokimligi tomonidan projektor bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xitoyning ilg‘or kompaniyalaridan biri bilan kelishuvga erishilgan va allaqachon projektorlar buyurtma qilingan. Bizga xabar qilishlaricha iyul oyi oxirlarida yoritgiklar Xitoydan yetib keladi. Nasib qilsa "Andijon" bilan bo‘lib o‘tadigan uy uchrashuvigacha bu muammo bartaraf etiladi. Albatta bu masalada bizga katta yordam  ko‘rsatayotgan hurmatli viloyat hokimimiz To‘ra Bobolovga minnatdorchilik bildiramiz.

 

Manba: "Сурхон" матбуот хизмати
Kiritildi: 01:26, 06.07.2021.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.