Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegasiyasi Yaponiyaga yo‘l oldi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegasiyasi Yaponiyaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan Vatanimiz delegasiyasi kecha Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Delegasiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kuzatib qo‘yildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi rahbari Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, delegasiya rahbari Aziz Abduhakimov, Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, sport faxriylari, federasiya mutasaddilari, sportchilarimiz va ularning yaqinlari, OAV ishtirok etishdi.

Marosimda Tanzila Narbayeva hamda Abdulla Aripov so‘z olib, atletlarimizga bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari oldidan o‘zlarining iliq tilaklarini bildirib o‘tishdi. Shuningdek, Prezidentimiz va xalqimiz ulardan ulkan g‘alabalar kutishayotganini alohida ta’kidlashdi.

Jarayonni Olimpiya shaharchasidan Sherzod Tashmatov boshchiligidagi MOQ Tezkor shtabi, Yaponiyada bo‘lib turgan dzyudo, taekvondo va boks jamoalarimiz, Ukrainadagi og‘ir atletikachilarimiz, Turkiyada yig‘in olib borayotgan yengil atletikachilarimiz ham onlayn kuzatib borishdi va tadbir davomida ular bilan bog‘lanildi.

Shundan so‘ng Tanzila Narbayeva hamda Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini Rustam Shoabdurahmonovga topshirishdi. Sportchilarimiz nomidan qilichbozlikning sablya yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qiladigan vakilimiz, delegasiyamizning eng yosh atleti Zaynab Dayibekova so‘z olib, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlar uchun chiroyli g‘alabalar bilan javob qaytarishga va’da berdi. Shuningdek, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, «Nuroniy» jamg‘armasining Toshkent shahar kengashi raisi Rustam Kalonov delegasiyamizga oq fotiha berib, kuzatib qo‘yishdi.

Shu tariqa XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegasiyasi maxsus ajratilgan charter reys bilan “Boeing 787 Dreamliner” havo kemasida Tokioga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari 23 iyul – 8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga delegasiyamiz 17 sport turida 71 ta lisenziya qo‘lga kiritgan. Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Tokiodagi «Olimpiya» stadionida boshlanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 05:42, 20.07.2021.
O'qildi: 2577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.